Muhammad ibn Husayn Shibliy
Muhammad ibn Husayn Shibliy (arabcha: محمد بن حسين الشبلي — Muhammad ibn Husayn Shibliy – Toʻliq ismi Abu Ali Muhammad ibn Husayn ibn Abdulloh Shibliydir) — muhaddis.
Muhammad ibn Husayn Shibliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1078-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Muhammad Ibn Husayn Shibliy “Shibla” qishlogʻida tavallud topgan va dastlabki ilmlarni shu yerda olgan. Keyinchalik ilm-maʼrifat istab, Bagʻdodga yoʻl oladi va u yerda Ibn Shibl nomi bilan taniladi. Muhammad Ibn Husayn Shibliy haqida Abulqosim Samarqandiy, Abulhasan ibn Abdulkarim Abu Saad ibn Zavzaniy kabi bagʻdodlik olimlar rivoyat qilganlar. Muhammad Ibn Husayn Shibliy 471/1078-yili vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 797.