Muhammadali Abduqunduzov

Muhammadali Abduqunduzov (14-iyul 1952, Oʻzbekiston tumani Yaypan qishlogʻi) – Oʻzbekiston (1997) va Qoraqalpogʻiston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1974). 1974–85 yil M. Uygʻur nomidagi Surxondaryo viloyat teatrida aktyor, 1986-yildan Hamza teatrida, 1996–98 yillar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. 1998-yildan "Oʻzbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Paratov ("Sepsiz qiz"), Ikrom ("Ufq"), Shokir ("Koʻrmayin bosdim tikonni"), Samoviy kuch ("Toʻmaris"), Abdulla Qodiriy, Otabek ("Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Akbar ("Zebunisso"), Naufal ("Muhabbat sultoni"), Umarxon ("Figʻon"), Choʻlpon ("Kunduzsiz kechalar") va boshqa Shuningdek koʻpgina videofilmlarda oʻynagan: Bobur ("Bobur"), Navoiy ("Layli va Majnun"), Sultonali ("Mehrobdan chayon"), Choʻlpon ("Kecha va kunduz") va boshqa Ayniqsa uning ijrosidagi ogʻir, vazmin, chuqur oʻyga botgan, oʻtkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi.[1]

Muhammadali Abduqunduzov
Tavalludi 14-iyul 1952-yil (1952-07-14) (70 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq artisti (medali).jpgMehnat shuhrati ordeniMedalAstana.png

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil