Mahmudali Muhiddinov (1926.1.3, Fargʻona tumani)— Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1992). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1951). 1943— 56 yillarda Fargʻona va Quva tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, maktab oʻquv boʻlimi mudiri. 1956-yildan Fargʻona viloyati pedagog xodimlar malakasini oshirish institutida ona tili va adabiyot boʻlimi boshligʻi. 10—11sinflar uchun "Oʻzbek tili" dareligini tayyorlashda ishtirok etgan; "7—8sinflarda ona tili darslari" qoʻllanmasi va "Tajribalar koʻzgusi" toʻplami muallifi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil