Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga taʼsiri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan boʻladi. Biotik omillar har xil turdagi tirik organizmlarning oʻzaro taʼsiridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi.

Organizmlarning oʻzaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai boʻlishi (oʻt oʻsimliklar oʻtxoʻr hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, oʻtxoʻr hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning koʻpayishiga imkon yaratishi (oʻsimliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, gʻoʻzaning xavfli kasalligi—viltni hosil qiluvchi patogen zamburugʻ uchun gʻoʻza xoʻjayin oʻsimlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va boshqa ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga oʻxshash organizmlar orasida, mas, agar oʻsimliklarning yoruglik, namlik va muhitning b.(nima õzi bu )sharoitlariga nisbatan talabi bir xil boʻlsa, raqobat paydo boʻladi. Simbioz hayvonlar, oʻsimlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Masalan, dukkakli oʻsimliklar (beda va boshqalar) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar oʻsimliklar hayoti uchun zarur boʻlgan uglevodlar va boshqa organik moddalarni oʻsimliklar ildizidan oladi. Biotik omillar har doim muhitning abiotik omillari taʼsiriga uchraydi va oʻz navbatida unga faol taʼsir etib, uni oʻzgartirib boradi.

Abdukarim Zikiryoev.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil