Mulkni xatlash (OʻzRda) — molmulkni roʻyxatga olish va uni tasarruf etish man etilganligini eʼlon qilish, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklash, uni olib qoʻyish va saqlashga topshirish. Fuqarolik protsessida Mulkni xatlash sud qal qiluv qarorlarini ijro qilish bosqichida, daʼvoni taʼminlashning bir chorasi sifatida qoʻllanadi. Jinoyat protsessual qonunchiligida esa, fuqaroviy daʼvolarni taʼminlash maqsadida tergovchi ham Mulkni xatlashi mumkin. Bunday paytda bayonnoma tuzilib, uning nusxasi tilxat asosida mulk egasiga beriladi. Mulk xatlangach, uning egasi: mulkni sotib yuborish, sovgʻa qilish, almashtirish, garovga qoʻyish kabi huquqlardan mahrum boʻladi. Mulkni xatlash dalolatnoma orqali rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada: u tuzilgan vaqt va joyi, sud ijrochisining, dalolatnoma tuzilishida ishtirok etgan shaxslarning ism-shariflari, Mulkni xatlash uchun asoslar, undiruvchi va qarzdorning ism-shariflari, mulk haqidagi maʼlumotnoma, uning tavsifi va qiymati, mulkni saqlashga berilgan shaxsning nomi, Mulkni xatlash jarayonida qatnashgan shaxslarning eʼtirozlari va shahrik. koʻrsatiladi. Dalolatnomaga sud ijrochisi,qarzdor va dalolatnoma tuzilishida ishtirok etgan shaxslar imzo chekadi. Mulkni xatlash jarayonida sud ijrochisi noqonuniy xatti-harakatlar qilgan (mas, qonun boʻyicha xatlash mumkin boʻlmagan mulkni roʻyxatga olgan) boʻlsa, manfaatdor shaxslar sudga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.

Muzaffarjon Mamasiddiqov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil