Mullajon Uzoqov

sovet harbiy arbobi, gvardiyachi general-mayor

Mullajon Karimovich Uzoqov (1907-yil 1-may, Qo‘qon shahri, Qo‘qon uyezdi, Farg‘ona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi1960-yil 30-dekabr, Toshkent shahri, O‘zbekiston SSR, SSSR) — sovet harbiy arbobi, gvardiyachi general-mayor (1957)[1][2][3].

Mullajon Karimovich Uzoqov
Tavalludi 1-may 1907-yil
Qo‘qon shahri, Qo‘qon uyezdi, Farg‘ona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 30-dekabr 1960-yil(1960-12-30)
(53 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Oʻzbekiston SSR
Qoʻshin turlari gvardiya
Xizmatdagi yillari 19291959
Unvoni General-mayor
Qoʻmondonlik qilgan 21-otliq askarlar diviziyasi
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
Bilimi Toshkent harbiy-siyosiy bilim yurti

Tarjimayi holi tahrir

 
Mullajon Uzoqovning qabri (Chigʻatoy qabristoni, Toshkent)

Mullajon Uzoqov 1907-yil 1-mayda Qo‘qon uyezdi, Qo‘qon shahrida tavallud topgan[4][5]. 19231926-yillari cho‘ponlik bilan shug‘ullangan. Uzoqovning siyosiy-ijtimoiy hamda harbiy faoliyati 1929-yildan boshlanadi. 1927-yilda Samarqanddagi sovet xodimlari tayyorlov kursini bitiradi. 1929-yilda Kogon tumani harbiy komissarligi tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan[2][4]. 1931-yildan KPSS a’zosi. 1933-yili Toshkentdagi Vladimir Ilich Lenin nomidagi harbiy-siyosiy bilim yurtini tugatadi. 19341938-yillarda Moskvadagi Vladimir Ilich Lenin nomidagi harbiy-siyosiy akademiyaning tinglovchisi bo‘lgan. Uzoqov 1938—1939-yillari Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi, 10-otliq diviziyasining siyosiy bo‘limida instruktor, 1939—1940-yillarda Kalinin shahridagi harbiy-siyosiy bilim yurti boshlig‘ining o‘rinbosari, 1940—1941-yillari O‘rta Osiyo harbiy okrugi 566-gaubitsali artilleriya polki, 1941—1942-yillari 38-alohida kursantlar brigadasi, 103-otliq va 99-otliq diviziyalarining harbiy komissari bo‘lib ishlagan. Ikkinchi jahon urushida Janubiy-g‘arbiy, Stalingrad, Dasht, Markaziy va 1-Belorussiya frontlari safida diviziya komandirining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va siyosiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan[2][3][5]. Stalingrad uchun jangda Samarqand va Fargʻonada tuzilgan 90-oʻqchi hamda 94-oʻqchi brigadalar singari podvolkovnik Uzoqov boshchiligidagi 21-otliq askarlar diviziyasi ham ushbu jangda alohida jasorat ko‘rsatgan[6]. Polkovnik Uzoqov Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalaba kunini Berlinda nishonlagan. Janglarning birida kontuziya va ogʻir jarohatlar olgan. Urushdan keyin 1945—1946-yillari 23-otliq diviziya siyosiy bo‘limining boshlig‘i, 1946—1959-yillari O‘zbekiston SSR Harbiy komissari[7], ayni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Kommunistik partiyasi MK Reviziya komissiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan[2]. 1959-yilda Uzoqov iste’foga chiqadi[1]. 1—4-chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati (1938—1959-yillar)[7]. 1946-yildan to 1960-yilgacha oilasi bilan Toshkent shahrida istiqomat qilgan[1].

Vafoti tahrir

1960-yil 30-dekabr kuni Toshkent shahrida urushda olgan jarohatlarining asorati tufayli 53 yoshida vafot etgan[7] va Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan[5].

Xotira tahrir

Toshkent shahridagi koʻchalarning biriga Mullajon Uzoqov nomi qoʻyilgan[3].

Mukofotlari tahrir

Uzoqov 11 ta davlat mukofotlari, shu jumaladan, 2 marta Lenin ordeni (1945-yil 6-aprel, 1954-yil 5-noyabr), 4 marotaba Qizil Bayroq ordeni (1943-yil 16-may, 1944-yil 4-iyul, 1944-yil 25-avgust, 1950-yil 15-noyabr), 2-darajali Vatan urushi ordeni (1944-yil 25-yanvar), Qizil Yulduz ordeni (1944-yil 3-noyabr)[4] hamda jangovar, esdalik medallari, chet el ordenlari bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Uzakov Mulladjan Karimovich“ (rus tilida). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3   Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 11-jild (Tekislik — Fazliy). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1978 — 656 bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 9-jild (Toʻychi Hofiz — Sharshara). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 704 bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 „Uzakov Muladjan Karimovich“ (rus tilida). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Uzakov Mullajon Karimovich“ (rus tilida). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  6. Zinur Bozorov. „Oʻzbek xalqining munosib hissasi“. „Vatanparvar“ gazetasi, №4 (2021-yil 4-iyun). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Taʼziyanoma“. „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi (1960-yil 31-dekabr). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.