Mullajonov Safarboy — 1900-yili tug‘ilgan, Poyariq rayoni Birlashgan qishloq soveti Qo‘pggepa qishlog‘idan, o‘zbek. 1935-yili ijtimoiy kelib chiqishini yashirganligi uchun VKP safidan chiqarilgan. Hibsga olingunga qadar kolxozchi, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan, jazo muddati 1937-yil 17-avgustdan hisoblangan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, troskiychi targ‘ibot olib borganlikda, troskiychilarning tor-mor keltirishiga qaramasdan baribir ular sovet hokimiyatini ag‘darib g‘alabaga erishadilar deb aytganlikda, kolxozlardagi ocharchilik to‘g‘risida ig‘vorona mish-mishlar tarqatganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan.[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari. ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.