Munif Razzaz
Munif er-Razzaz (منيف الرزاز), 1919-yil 19-dekabrda tugʻilgan. Arab Sotsialistik Baʼs partiyasi Milliy qoʻmondonligining ikkinchi va oxirgi bosh kotibi boʻlgan shifokor va siyosatchi. U bu lavozimga 1965-yilning 8-aprelida Milliy Kongressda saylangan.
Razzaz 1977-yilda Iroqqa koʻchib oʻtdi va Iroq Baʼsining yetakchi aʼzosiga aylandi. Razzaz 1979-yilda Baʼs partiyasini tozalashda Iroqning oʻsha paytdagi yangi prezidenti Saddam Husaynga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblangan oʻnlab dissidentlar qatorida edi. Qirol Husayn Iordaniyaga eson-omon qaytishi uchun Razzazni ozod qilishni yoqlagan. Biroq Saddam Husayn buni rad etadi. Razzaz 1984-yilda Bagʻdodda uy qamogʻida vafot etgan. Uning oilasi uni Iroq Baʼs tomonidan Bagʻdodda uy qamogʻi paytida gipertoniya dorisini zahar bilan almashtirib oʻldirilganini daʼvo qilgan. Razzaz o‘zining vasiyatiga ko‘ra Ammanda dafn etilgan[1].
Hayoti
tahrirBolalik yillari
tahrirRazzaz 1919-yil 19-dekabrda Suriyaning Damashq shahrida tug‘ilgan, ammo Iordaniyada o‘sgan[2]. Uning oilasi 1925-yilda veterinar boʻlgan otasi Suriyadagi fransuz hukumati tomonidan Buyuk Suriya qoʻzgʻoloni paytida yaralangan otlarini davolab, isyonchilar bilan hamkorlik qilganlikda ayblanganidan keyin Iordaniyaga koʻchib oʻtgan[3] [1]. Qohirada qisqa muddat oʻqiganidan soʻng, Razzaz 1937-yilda Bayrutdagi Amerika universitetida stipendiya oldi[3]. 1950-yilda Arab Sotsialistik Baʼs partiyasining Iordaniya mintaqaviy boʻlimiga aʼzo boʻldi. Razzaz Iordaniyadagi Baʼs mintaqaviy boʻlimining asoschilaridan biri boʻlgan va milliy gazetalardagi maqolalari orqali Baʼs mafkurasini qoʻllab-quvvatlagan. 1955-yildan 1957-yilgacha Iordaniya Baʼschilar qirol Husaynni baland ovozda tanqid qilishdi. Razzaz qirol Husaynning Bagʻdod paktini qoʻllab-quvvatlagani va Misr prezidenti Gamal Abdel Nosirga munosabatini tanqid qiladi. Razzaz 1956, 1958, 1959 va 1960-yillarda monarxiyaga qarshi faoliyati uchun qamalgan[2].
Iroqda Iroq Baʼs boʻlimini hokimiyatga olib kelgan Ramazon inqilobidan soʻng, Razzaz va Baʼschi Abdulla Abduldaimga Iroq xalqiga efirga uzatilishi kerak boʻlgan siyosiy dasturni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi[4].
Milliy qoʻmondonlik
tahrirRazzaz 1965-yil 8-aprelda Mishel Eflakning oʻrniga Milliy Kongressda Milliy qoʻmondonlik Bosh kotibi etib saylandi. Biroq Razzaz Suriyadagi inqirozga yechim topish uchun Suriya ishlarida yetarlicha ildiz ota olmadi[4]. 1965-yil noyabr oyida Milliy qoʻmondonlik Suriya mintaqaviy qoʻmondonligiga zobitlarni tayinlash yoki ishdan boʻshatishni taqiqlovchi rezolyutsiya qabul qildi. Bunga Saloh Jadid boshchiligidagi Harbiy qo‘mita darhol qo‘zg‘olon ko‘tarib javob qaytardi. Razzaz Milliy qo‘mondonlikning favqulodda yig‘ilishini chaqirib, Suriya uchun yangi rahbariyatni o‘rnatishga qaror qilar ekan, Yusuf Zuayyin hukumati va Suriya mintaqaviy qo‘mondonligini tarqatib yuborishga qaror qildi; Al-Bitar bosh vazir, Muhammad Umron mudofaa vaziri, Amin al-Hofiz yangi prezident kengashi raisi, Mansur al-Atrash esa Milliy inqilobiy kengash raisi bo‘ldi[4]. Jadid va uning tarafdorlari bunga javoban 1966-yilgi Suriya toʻntarishini amalga oshirishdi, bu esa Milliy qoʻmondonlik va Baʼs partiyasi ichidagi moʻtadil fraksiyaning qulashiga olib keldi[4].
Suiqasdga daʼvo
tahrir1977-yilda Razzaz Iroqqa koʻchib oʻtdi va Iroq Baʼsining yetakchi aʼzosiga aylandi. Razzaz 1979-yilda Baʼs partiyasini tozalashda Iroqning oʻsha paytdagi yangi prezidenti Saddam Husaynga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblangan oʻnlab dissidentlar qatorida edi. Qirol Husayn Iordaniyaga eson-omon qaytishi uchun Razzazni ozod qilishni yoqlagan, biroq prezident Saddam Husayn buni rad etdi. Razzaz 1984-yilda vafot etdi. Uning oilasi uni Iroq Baʼs tomonidan Bagʻdodda uy qamogʻi paytida gipertoniya dorisini zahar bilan almashtirib oʻldirilganini daʼvo qilgan. Razzoz xotini va qizi oldida qon qusganini bunga asos qilishgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „99 years since Munif Razzaz's birth: politician, intellectual, prisoner and father“ (ar). 7iber (19 aralık 2018). 28 şubat 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 mayıs 2019.
- ↑ 2,0 2,1 Moubayed 2006.
- ↑ 3,0 3,1 Anderson 2005.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Seale 1990.