DEMIURG (yunoncha „demiurgos“-ijtimoiy hunar bilan erkin shugʻullanuvchi) — antik mifologiyada butun borliqni yaratuvchi Xudoni ifoda etuvchi tushuncha.

Diniy tasavvur hamda falsafada demiurg tushunchasi

tahrir

Idealistik falsafada Demiurg ong, ruh, ideal ibtido, olamni yaratuvchi; diniy tasavvurlarda Demiurg „olam ijodkorlari“ sifatidagi Xudo.

Demiurg tushunchasi haqida

tahrir

Falsafaga Demiurg tushunchasi Platon tomonidan kiritildi. Uning fikricha, Demiurg „koinotning otasi va ijodkoridir“. Hozirgi zamon falsafasida Demiurg atamasi koʻproq ideal ibtidoni yaratuvchi, olam ijodkori maʼnosida qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004. 
„Demiurg wikipedia“ sahifasiga qaytish.