Munozara:Yekaterinburg
Yekaterinburg (1924-91 y.larda Sverdlovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi şahar. Muhim sanoat, madaniy va ilmiy markaz. Iset daryosi (Tobol irmoği)ning har ikki sohilida. Transport yõllari tuguni. Aholisi 1272 ming kishi (1997). Oğir maşinasozlikning yirik markazi ("Uralmaş", "Uralximmaş", "Ural elektrotyajmaş", "Turbomotor zavodi" va boşqa i. ç. birlaşmalari, burğilash va metallurgiya sanoati uchun jihozlar, transport mașinasozligi, podșipnik zavodlari ișlab turibdi). Priborsozlik, elektrotexnika (kabel, transformatorlar va b.) sanoati korxonalari, aniq mexanika, optika, xolodilnik zavodlari bor. Kora metallurgiya (Verx-Iset metallurgiya zavodi), kimyo (şina, plastmassa va b.), kimyo-farmacevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, aeroport bor. Toş kesiş rivojlangan ("Uralskiye samocveti" zavodi). Metropoliten qurilmoqda (1991 y.dan). Rossiya Faning Ural bõlimi, 14 oliy õquv yurti (şu jumladan Ural universiteti), 5 teatr, õlkaşunoslik, Ural yozuvçilari, tibbiyot tarixi muzeylari, suratlar galereyasi, P. P. Bajov, D. N. Mamin-Sibiryak, F. M. Reşetnikov va b.ning uymuzeylari mavjud. Ye.ga 1723 y. metallurgiya zavodi quriliși mu-nosabati bilan asos solingan. 1918 y. iyulda Ye.da sobiq imperator Nikolay II oilasi bilan birga bolşeviklar tomonidan otib taşlangan.
Klassicizm uslubidagi tarixiy yodgorlikdan Rastorguyev-Haritonov qõrğoni (19-asr boşi), kon kanselyariyasi (18—19-asrlar), Verx-Iset zavodining idorasi va gospitali (19-a), Aleksandr Nevskiy sobori (19-asrning 1-yarmi) saqlangan.[1]
Yekaterinburg haqida munozara boshlang
Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Yekaterinburg sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida muhokama boshlash uchun ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.