Lizotsim (liz...va yun. zyme — hamirturush), muramidaza — gidrolazalar sinfiga mansub ferment, bakteriya hujayralari pardasini yemiradi. Mukopolisaharidlarda N - atsetilmuramin kislota, R - glyukozid bogʻini va N-atsetilglyukozaminning parchalanishini katalizlaydi. L.odam va hayvonlar organizmining koʻpgina toʻqima va suyuqliklari (koʻz yoshi, balgʻam, soʻlak, taloq, jigar, shilliq qavatlar), shuningdek, ayrim oʻsimliklar, bakteriyalar va faglarda topilgan; tovuq tuxumi oqsilida ayniqsa koʻp. Tu-xum oqsili L.i toʻliq oʻrganilgan, u 129 aminokislota qoldigʻidan iborat, mol.m. 14.000 ga yaqin L. odam va hay-vonlar organizmining tashqi muhit bilan aloqa boʻladigan joylari (koʻz, bu-run-yutqin va boshqalar)da bakteriyaga qarshi toʻsiq (baryer) hosil qiladi. L. preparati koʻz, burun-halqum kasalliklarini davolashda, yarada, kuyganda, akusherlik amaliyotida, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida va boshqalarda ishlatiladi.[1]

Lizotsim, Human.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil