Yusufali Musayev (1869 — Andijon — 1947.6.12) — meʼmor, xalq ustasi. Meʼmorlikni otasi Muhammad Muso va akasi Isaxon Musayevdan oʻrgangan. Andijon jome masjidi majmuasi qurilishida qatnashgan va zilziladan soʻng uni qayta tiklagan. M. bino qurilishida 1—1,5 m qalinlikdagi devorlarni ixchamlashtirdi, yoʻgʻon va ogʻir ravoqlar oʻrniga zinali ravoqlar qoʻlladi. M. xilma-xil gumbaz tomlar yaratish bilan birga gumbazlar tuzilishini maʼlum tartibga soldi, binoning ayrim murakkab qismlari va loyihasini yaratdi va gumbaz ustasi sifatida shuxrat qozondi. M. qurgan binolar yorugʻ, ixcham va koʻrkamligi bilan Samarqand, Buxoro va Xiva ustalari qurgan binolardan farq qiladi. Fargʻona vodiysidagi 40 ga yaqin hammom uning loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan. Muqimiy teatri binosi M. rahbarligida shogirdlari usta Eshonxon, Ivan Minakov va Us t a Ergash Xojilar bilan hamkorlikda qurilgan yirik binolardan biridir. M. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1944).

Adabiyot tahrir

  • Ashrafov A., Us t a Yusufali, T., 1955.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil