Mushtariy (taxallusi; ismi Saodat) (1810/11, Qoʻqon — ?) — shoira. Xudoyorxon saroyida kotibalik, munshiylik qilgan. Sheʼrlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgan. Ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi oʻrinda turadi. Shoira xalq ogʻzaki dostonlarining yozma sheʼriy namunasini yaratgan. "Malikai Dilorom" dostoni ogʻzaki adabiyotdagi "Orzigul" dostoniga mazmunan yaqin. M.ning "Malikai Dilorom" dostoni va xalq qoʻshiqlari usulida yozilgan gʻazallari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida (inv. № 9922) saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil