Musson oqimlari - musson shamollari taʼsirida okeanlar va dengizlar yuzasida vujudga keladigan oqimlar; 100 m chuqurlikkacha yetadi. Hind okeanining shim. qismidagi oqim, Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻidagi oqimlar, qisman, Somali oqimi (Afrikaning shim.-sharqiy qirgʻoklarida) eng kuchli Musson oqimlari hisoblanadi. Musson oqimlari ham musson shamollariga oʻxshab qishda Osiyodan Afrika va Avstraliya tomonga, yozda esa qarama-qarshi tomonga yoʻnaladi. Musson oqimlarining tezligi soatiga 1–2 km, suv temperaturasi 25°, 28° boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil