Mutlaq geologik yosh - togʻ jinslarining yoshi, vaqtning mutlaq birligida ifodalanadi; mineral tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va boshqalar)ning parchalanishini oʻrganish asosida aniqlanadi. Odatda mln. yillar bilan hisoblanadi. Yoshni aniqlash hozirgi vaqtdan oʻtmishga qarab olib boriladi. Aniq natija olish uchun tanlab olingan minerallar toza, aralashmalarsiz va nurashga uchramagan boʻlishi kerak.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil