Muxatov Veli (Velimuhammad) [1916.22.4 (5.5), hozirgi Ashxobod tumani] — turkman kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1951). Turkmaniston kompozitorlar uyushmasi raisi (1954—59). Ashxobod konservatoriyasini professor (1987). Ijodida turkman xalq musiqa merosiga xos kuy-ohanglardan keng foydalanib, ularni professional mahorat bilan zamonaviy ifoda vositalari yordamida qayta ishlagan. "Turkmancha syuita" (1950), "Mening Vatanim" simfonik poemasi (1951), "Mahtumquli xotirasiga" simfoniyasi (1974), "Qonli ayirgich nihoyasi" operasi (1967) kabi yirik asarlar, shuningdek, xalq chol-gʻulari orkestri uchun poema, qoʻshiq va romanslar, badiiy va hujjatli filmlar uchun musiqalar yaratgan. Mahtumquli nomidagi Turkmaniston Davlat mukofoti sovrindori (1972).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil