Muxtor Ashrafiy koʻchasi (Toshkent)

Muxtor Ashrafiy koʻchasi — Yashnobod tumanining Ahmad Yassaviy, „Boysun“, Muxtor Ashrafiy va Joʻrabek mahallalari hududida. Fargʻona yoʻli va Qorasuv koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.

Muxtor Ashrafiy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Uzunligi 2 km
Avvalgi nomlari Risovaya koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Muxtor Ashrafiy
Koʻchada joylashgan binolar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼmirlash-qurilish boshqarmasi

XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab 1969-yil 14-fevralda Risovaya nomi berilgan. 1978-yil 15-sentabrdan kompozitor Muxtor Ashrafiy nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida maktab, bogʻchalar, xususiy korxonalar, yonilgʻi quyish shoxobchalari, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, „Ziyonur“ restorani, „Sevnora“ kafesi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼmirlash-qurilish boshqarmasi, omborxona, shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari harakat qiladi. Yaqinida bozor shoxobchasi bor.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.