Muzaffarxon

(Muzaffardan yoʻnaltirildi)

Muzaffar (1819 — Buxoro — 1885) — Buxoro amiri (1860.23.9 — 1885.13.12). Buxoro amirligida Oʻzbeklarning Mangʻit sulolasining vakili.

amir Muzaffar

Amir Nasrullaxonning oʻgʻli. Otasi davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulla vafotidan soʻng , Buxoro taxtiga oʻtirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga kaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamayotgan Hisor, Shaxrisabz, Darvoz, Koʻlob, Baljuvon bekliklari va Qoʻqon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863—65). Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qoʻkrn xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). M.ning hukmronlik davri Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga toʻgri keladi. Rossiya bilan boʻlgan kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan bartaraf etishdan umidini uzmay, u Najmiddinxoʻja boshliq elchilarni Peterburgga joʻnatdi (1865 yil iyul). Biroq, koʻzlangan maqsadga erishilmay, ikki oʻrtada harbiy harakatlar boshlandi. M. qoʻshini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya qarbiy kuchlari oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuv Jizzax bilan Oʻratepa oʻrtasidagi Erjar (Maydayulgʻun)da boʻlib, unda Buxoro qoʻshini magʻlubiyatga uchragan (1866.8.05). M. mufti Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afgʻoniston va Hindiston orqali yordam soʻrab Istanbulga yuborsa ham, rad javobini olgan.. 1868 yil 2—3 iyunda Zirabuloq jangiaya magʻlubiyatga uchragach, 1868 yil 23 iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya—Buxoro sulh shartnomasiga koʻra, Buxoro amirligi Rossiyaga tobe bulib qolgan. Oʻgʻli va valiaxd Abdulmalik (Katta tura) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shaxrisabz va Kitobda qoʻzgʻolon koʻtarganda M. rus qoʻshinlari yordamida uni bostirgan (1870). M. davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda agialarning taʼsiri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan M. faoliyati Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Bustoniy, Mirzo Salimbek, S. Ayniy, Fitrat kabi buxorolik tarixchilar asarlarida oʻzining talqinini topgan.

AdabiyotTahrirlash

  • Mirza Abdalazim Sami,Tarix-i salatin-i mangitiyya, M., 1962;
  • Traktat Axmad Danisha, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967;
  • Aini S., Istoriya mangitskix emirov [Sobraniye sochineniy, t. 6 (v 6 tomax)], M., 1975;
  • Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992.
  • Qahramon Rajabov.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil