Nam The-hi (talaffuzi: Nam Thay Hi) (1991-yil 3-iyulda Pusan shahrida tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda „Al-Duhail“ va Janubiy Koreya terma jamoasida oʻynaydi. U Janubiy Koreyadan tashqari Angliya, Fransiya va Qatarda o‘ynagan[1]. U koʻp qirrali yarim himoyachi va hujumkor yarim himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay oladi. U oʻzining mukammal texnikasi, silliq harakati va driblingi bilan mashhur.

Nam The-hi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nam The-hi
Tavallud sanasi 3-iyul 1991-yil (1991-07-03) (32 yosh)
Tavallud joyi Jinju, Gyeongnam, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.74 m (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Duhail
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2007 Ulsan Hyundai U-15
2007 Ulsan Hyundai U-18
2007—2008 Reading
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Valenciennes 37 (0)
2012—2019 Al-Duhail 160 (73)
2019—2021 Al-Sadd 37 (10)
2021 Al-Duhail 23 (7)
Milliy terma jamoa
2006 Janubiy Koreya U17 4 (0)
2012 Janubiy Koreya U23 9 (2)
2011 Janubiy Koreya 54 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-sentyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Nam KFA Yoshlar loyihasi orqali Readingning Yoshlar Akademiyasida oʻynagan[2]. 2009-yil iyul oyida uning birinchi professional shartnomasi Fransiyada Valenciennes FC bilan imzolangan[3]. U 2009-yilning 8-avgustida „Nancy“ga qarshi debyutini oʻtkazgani va hozirda 18 yoshida Liga 1da oʻynagan eng yosh osiyolik futbolchi hisoblanadi[4].

2011—2012-yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda Nam 2011-yil 26-dekabrda Liga 1ni tark etib, Qatar Yulduzlar Ligasi giganti Lekhwiya SCga oʻtishga rozi boʻlgan[5].

Lekhwiya tahrir

Nam debyutini 2012-yilning 1-yanvarida „Al Kharitiyath“ga qarshi oʻtkazgan[6]. U 2012-yilning 19-yanvarida o‘zining birinchi ligadagi golini jarima zarbasidan kiritgan [7].

U 2012-yil 7-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasidagi debyutini o‘tkazgan va Saudiyaning Al Ahli jamoasiga qarshi o‘yinda yagona gol muallifiga aylangan[8]. Shu tariqa Lekhwiya uchun ilk golini kiritgan.

Al Sadd tahrir

2019-yil 8-fevral kuni „Al Sadd“ jamoasi Namni Qatarning „Al-Duhail“ klubidan sotib olganini eʼlon qilgan. Ularning kelishuviga koʻra, Nam 2019/2020-yilgi mavsumda „Al Sadd“ga oʻtgan va ular safida uch yil oʻynashi kelishib olingan[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Nam Janubiy Koreyani U-13, U-15 va U-17, U-20 va U-23 toifalarida himoya qilgan[10]. 2011-yilning 9-fevralida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Koreya kattalar terma jamoasi safida debyut qilgan.

Nam 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Janubiy Koreyani himoya qilgan. Kardiffdagi „Millenium“ stadionida oʻtkazilgan bronza medali uchun oʻyinda Koreya Yaponiyani magʻlub etganida, u zaxiradan maydonga tushgan[11].

2014-yilning 22-dekabr kuni Nam Janubiy Koreya terma jamoasining 2015-yilda Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan[12]. Jamoaning guruhdagi ikkinchi oʻyinida Nam yagona gol muallifi boʻlgan, chunki Koreya Quvaytni 1:0 hisobida magʻlub etib, pley- off bosqichiga yoʻl olgan[13]. 2018-yilning 20-noyabr kuni tizzasidan olgan jarohati sabab 6 oyga safdan chiqqan Nam 2019-yilda BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogini o‘tkazib yuborishi maʼlum bo‘lgan[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klublardagi faoliyati Liga Kubok Boshqa Qitʼa Jami
Klub Mavsum Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Fransiya Liga Fransiya Kubogi Fransiya Liga Kubogi Yevropa Jami
Valenciennes 2009—2010 Ligue 1 6 0 1 0 0 0 7 0
2010—2011 18 0 1 0 2 0 21 0
2011—2012 13 0 0 0 0 0 13 0
Jami 37 0 2 0 2 0 41 0
Qatar Liga Qatar Amiri Kubogi Boshqa Osiyo Jami
Lekhwiya

Al-Duhail
2011—2012 Qatar Yulduzlari Ligasi 10 5 1 0 2 1 6 1 19 7
2012—2013 19 6 2 0 4 2 9 0 34 8
2013—2014 24 12 1 0 6 1 7 2 38 15
2014—2015 25 7 2 0 3 0 10 3 38 10
2015—2016 25 10 3 2 3 2 7 2 40 16
2016—2017 25 14 2 2 2 0 8 4 37 20
2017—2018 21 12 3 0 4 4 9 1 35 17
2018—2019 11 7 0 0 1 0 5 0 14 7
Jami 160 73 14 4 25 10 61 13 260 100
Al-Sadd 2019—2020 Qatar Yulduzlari Ligasi 19 3 4 0 8 2 6 1 37 6
2020—2021 18 7 2 2 5 2 6 1 31 12
Jami 37 10 6 2 13 4 12 2 68 18
Al-Duhail 2021—2022 Qatar Yulduzlari Ligasi 16 5 4 2 0 0 6 0 26 7
2022—2023 7 2 0 0 2 0 0 0 9 2
Jami 23 7 4 2 2 0 6 0 35 7
Karyerada jami 257 90 26 8 42 14 79 15 404 127

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2014-yil 10-oktyabr Cheonan stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya   Paragvay 2 — 0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2015-yil 13-yanvar Kanberra stadioni, Kanberra, Avstraliya   Kuvayt 1 — 0 1-0 2015-yilgi Osiyo kubogi
3. 2015-yil 12-noyabr Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya   Birma 4 — 0 4-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 2016-yil 15-noyabr Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya   Oʻzbekiston 1 — 1 2-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
5. 2018-yil 7-sentyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya   Kosta Rika 2 — 0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6. 2018-yil 20-noyabr QSAC, Brisben, Avstraliya   Oʻzbekiston 1 — 0 4-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
7. 2021-yil 5-iyun Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya   Turkmaniston 2 — 0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Lexviya/Al-Duhayl

  • Qatar Yulduzlar Ligasi : 2011—2012, 2013—2014, 2014—2015, 2016—2017, 2017—2018
  • Qatar amiri kubogi : 2016, 2018, 2022
  • Shayx Jassim kubogi : 2015, 2016
  • Qatar kubogi : 2013, 2015, 2018

Al-Sadd

  • Qatar Yulduzlar Ligasi : 2020—2021
  • Qatar amiri kubogi : 2020, 2021
  • Shayx Jassim kubogi : 2019
  • Qatar kubogi : 2020, 2021

Janubiy Koreya U23

Janubiy Koreya

Manbalar tahrir

  1. Nam Tae-Hee: I came to Qatar to gain more experience and improve[sayt ishlamaydi] qsl.qa
  2. „Nam Taehee – Reading FC“. 2009-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-oktyabr.
  3. KFA 유학생 출신 남태희' 발랑시엔 공식 입단KFA.com
  4. „Nam Tae-hee debütiert als jüngster koreanischer Fußballer bei einem europäischen Erstligisten“ (de). VfL Wolfsburg (2009-yil 10-avgust). 2012-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-may.
  5. „Lekhwiya replace Akram with Korea's Nam Tae-Hee“. Qatar Stars League. official website (2011-yil 26-dekabr). 2012-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-yanvar.
  6. „AL KHARITIYATH VS. LEKHWIYA 1 - 1“. Soccerway.com (2012-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
  7. „LEKHWIYA VS. AL AHLI 1 - 0“. Soccerway.com (2012-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
  8. „Nam stunner propels Lekhwiya“. dohastadiumplusqatar.com (2012-yil 7-mart). 2012-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
  9. „S. Korean footballer Nam Tae-hee joins new Qatari club“. Yonhap News Agency (2019-yil 8-fevral).
  10. „Nam Tae-hee debütiert als jüngster koreanischer Fußballer bei einem europäischen Erstligisten“ (de). VfL Wolfsburg (2009-yil 10-avgust). 2012-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-may.
  11. „South Korea 2-0 Japan“. The New York Times. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  12. „Few surprises as S. Korea announces roster for Asian Cup football tourney“. Yonhap News (2014-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  13. „South Korea survive scare from Kuwait with 1-0 win in Canberra“. The Sydney Morning Herald (2015-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
  14. „S. Korea's key attacking midfielder to miss Asian Cup due to torn ACL“. Yonhap News Agency (2018-yil 22-noyabr).