Narekatsi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Gʻujumi yirik, choʻziq, toʻq binafsha rang. Pusti kalin, eti sersuv, mazasi xushxoʻr. Hosildorligi 165— 190 s/ga. Kasallik va zararkunandalarga chidami, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida isteʼmol etiladi, qishda uzoq saqlashga chidamli.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil