Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970-1978)[2].

Nazar Matkarimovich Matchonov
Nazar Matkarimovich Matchonov.jpg
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
Mansab davri
28-dekabr 1970-yil — 1978-yilgacha
Oʻtmishdoshi Yodgor Nasriddinova
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1923-yil
Xiva, Xorazm[1].
Vafoti 30-iyul 2010-yil(2010-07-30)
(87 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Order of Lenin ribbon bar.png Orderredbannerlabor rib.png Order badge of honor rib.png

Tarjimai holTahrirlash

Hunarmand oilasida tugʻilgan.

TaʼlimTahrirlash

1949 yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).

Mehnat faoliyatiTahrirlash

1949-1959 yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillar-Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 19701978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.
1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.

ManbalarTahrirlash