Nazarbek zilzilasi - 1980 y 10 dekabrda Toshkent shahrining gʻarbidagi Nazarbek qishlogʻida roʻy bergan. Zilzila kuchi 12 balli MSK—64 shkalasi boʻyicha 8 ballga teng. Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi M=5,4 boʻldi. Zilzila natijasida aksariyati xom gisht va paxsadan qurilgan uylar shikastlangan. Toshkent shahrining Nazarbekka tutash qismidagi imoratlarda ham koʻplab yoriqlar paydo boʻlgan, ayrim devorlar qulagan va h.k. Bir-ikki yil davomida zilzilaning koʻp marta qayta silkinishi (aftershoklar) kuzatilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil