Nebomoreoblaka“ (ruscha: Небомореоблака, yaʼni, „Osmondengizbulutlar“) — rossiyalik qoʻshiqchi Zemfira ijro etgan qoʻshiq. 2004-yilning 20-mayida Zemfiraning „Vendetta“ nomli toʻrtinchi studiyaviy albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqning ilk versiyasi elektron musiqa janrida boʻlib, albom uchun ogʻir, har-rok janriga xos versiya yozilgan. Qoʻshiqning matnini ham, musiqasini ham Zemfiraning oʻzi yozgan.

„Nebomoreoblaka“
Zemfira qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 20-may 2004-yil
Yozib olingan 2004
Studiya Studiya MGSU
Janr (albom versiyasi) (radio versiyasi)
Davomiyligi 03:37
Leybl REAL Records
Matn muallif(lar)i Zemfira
Bastakor(lar) Zemfira
Zemfira xronologiyasi
„Macho“ Nebomoreoblaka „Progulka“
Klipi
„Nebomoreoblaka“ YouTubeda

„Nebomoreoblaka“ qoʻshigʻida ijtimoiy masalalar haqida soʻz boradi. Jurnalistlar va tahlilchilar fikriga koʻra, ashulada shou-biznes tanqid qilingan[1]. Ashulada rus qoʻshiqchisi Valeriya ismi tilga olingani rus matbuotida keng muhokama qilindi. Zemfira bergan intervyularining birida albomning nomi „Vendetta“ boʻlgani uchun „Endilikda qoʻshiqchi Valeriya kim uchun kuylashini bilaman“ (ruscha: Теперь я знаю кому поёт певица Валерия) misrasini vendetta oʻlaroq talqin qilish mumkingligini aytdi, ammo shaxsan oʻzi Valeriyani dushman hisoblamasligini taʼkidladi[2].

Ashula tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Koʻpchilik tahlilchi „Nebomoreoblaka“ qoʻshigʻining rok versiyasini olqishladi[3]. Tanqidchilar bu versiyani Korn, Rammstein, Led Zeppelin, Deep Purple hamda Nine Inch Nails ijodiga ijobiy qiyosladilar. Ashulani yozib olishda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Oleg Pungin (barabanlar), Korney (bas-gitara) hamda Yuriy Saler (gitara).

Qoʻshiq Rossiyada keng tanildi hamda rus radio xit-paradida ikkinchi oʻringacha koʻtarildi. „Nebomoreoblaka“ 2011-yil „Time Out“ jurnali tomonidan tuzilgan „Hayotimizni oʻzgartirgan 100 qoʻshiq“ (ruscha: 100 песен, изменивших нашу жизнь) roʻyxatidan oʻrin oldi[4].

Jamoa tahrir

  • Zemfira — musiqa, ashula matni, vokal
  • Oleg Pungin — barabanlar
  • Korney — bas-gitara
  • Yuriy Saler — gitara
  • Bolshakov — injener
  • Denis Yurovskiy — yordamchi

Manbalar tahrir

  1. „О новой песне Земфиры“ (deadlink). «Лефт.Ру». 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
  2. „«После выхода альбома я не имею к нему отношения»“ (deadlink). Русский Newsweek. 2011-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
  3. „Земфира «Вендетта»/мужской взгляд“ (deadlink). KM.RU Образование. 2011-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
  4. Максим Тувим, Антон Милехин, Дмитрий Демидов. „100 песен, изменивших нашу жизнь“ (deadlink). Time Out (2011-yil 13-dekabr). 2012-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-dekabr.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-iyul, 2022-yil(2022-07-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.