Neft kimyosi sanoati - ogʻir sanoatning neft va tabiiy yonuvchi gazlarni kayta ishlash mahsulotlaridan, asosan, sunʼiy materiallar hamda buyumlar ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Neft kimyosi sanoatis. korxonalarida sunʼiy kauchuk, asosiy organik sintez mahsulotlari (etilen, propilen, polietilen, sirt-aktiv moddalar, benzol, butadiyen, yuvish vositalari, baʼzi mineral oʻgʻitlar), qorakuya, rezina buyumlar (avto-pokrishkalar, rezina-texnika buyumlari va keng xalq isteʼmoli mollari), asbest-texnika buyumlari ishlab chiqa-riladi.

Neftni qayta ishlashning kreking va piroliz kabi yangi usullari joriy etilishi Neft kimyosi sanoatis.ning vujudga kelishiga zamin yaratdi. AQShda kreking gazidan izopiril spirt (1918), alifatik kimyoviy mahsulotlar (1920), vinilxlo-rid va boshqa ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Oʻzbekis-tonda Toshkent rezina-texnika zavodida (1944), Angren rezina-texnika aksiya-dorlik jamiyatida (1975) sintetik va tabiiy kauchuk, texnik ugleroddan rezina mahsulotlari, avtomobil shinalari, shamollatish shlemlari, kalish va boshqa mahsulotlar, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasidz. tabiiy gazdan polietilen plyonkalari ishlab chiqariladi.

Neft kimyosi sanoatis.ning taraqqiyoti neftni qayta ishlash miqyosining kengayishi va takomillashishi bilan bevosita bogʻliq (qarang Gaz sanoati, Neft sanoati, Neftni ishlash sanoati).

Abdurahim Ortiqov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil