Nega unday qilding sen?

„Bolalar“ oʻzbek pop-rock guruhi ijro etgan qoʻshiq

Nega unday qilding sen?“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „1-albom“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. 1992-yil „Melodiya“ leybli bilan Toshmuhamedov nomidagi Toshkent grammofon zavodida chiqarilgan „Bolalar“ plastinkasiga ham kiritilgan[2]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan[manba kerak], ammo 1992-yilgi plastinkada unga kiritilgan barcha ashulaning soʻzi va kuyini guruh solisti Tohir Sodiqov yozgani eʼtirof etilgan.

„Nega unday qilding sen?“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„1-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1990
Yozib olingan 1989
Janr pop musiqa
Leybl 3:53
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
„1-albom“ xronologiyasi
„Kulib boq“
(1990)
Nega unday qilding sen?
(1990)
„Oh, mening malikam“
(1990)

„Nega unday qilding sen?“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri boʻlib, guruh Oʻzbekistonda hamda qoʻshni mamlakatlarda shuhrat qozonishga hissa qoʻshgan[3]. Qoʻshiqda muallif oʻzgaga turmushga chiqqan yoriga murojaat qiladi.

Qoʻshiqning bir necha versiyasi mavjud. „Bolalar“ guruhining 1998-yil eʼlon qilingan va asosan remikslardan iborat „8-albom“ nomli albomiga „Nega unday qilding sen?“ qoʻshigʻining remiksi uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan[4]. Shuningdek, taronaning sekinroq tempda ijro etilgan versiyasi ham bor.

Manbalar tahrir

  1. „"Болалар" гуруҳининг 1 чи оригинал альбоми“. YouTube (18-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  2. „Болалар“ (ruscha). Discogs. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  3. Inoyatova, Nazira „Tohir Sodiqov. Bolalikdan "Bolalar"gacha...“. Sahro. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  4. „"Болалар" гуруҳининг 8 чи оригинал альбоми“. YouTube (29-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 28-iyul, 2022-yil(2022-07-28) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.