NERUDA (Neruda) Pablo (taxallusi; asl ism-sharifi Neftali Rikardo Reyes Basualto) (1904.12.7, Parral shahri - 1973.23.9, Santyago) — Chili shoiri, diplomat. Santyago universitetida taʼlim olgan. Chili Senatining aʼzosi va diplomat sifatida koʻp mamlakatlarda boʻlgan. "Oʻlmaydigan odamning xatarli qadami" (1926) toʻplamida sheʼrning anʼanaviy oʻlchamlari va krfiyalaridan voz kechib, ichki kechinmalarni syurrealizmga yaqin til va obrazlar bilan ifodalagan. "Yashash joyi — Yer" (1933, 2 jild), "Yurakdagi Ispaniya" toʻplamlariga kirgan asarlarida insoniyat ozodligi uchun kurash goyalari aks etgan. N. 1941—44 yillar marksizm bilan qiziqa-di, Chili kommunistik partiyasiga aʼzo boʻladi. Shu yillarda Chili pre-zidentini "AQSH qoʻgʻirchogʻi" deb haqorat qilganliqda ayblanib, hukumat tomonidan taʼqib ostiga olinadi. N. Meksikaga ketadi va u yerda 340 sheʼrdan iborat monumental asari "Umumjahon qoʻshigʻi" (1950)ni yozadi. Asarda Lotin Amerikasining oʻtmishi va buguni marksistik nuqtai na-zardan talqin etilgan. Kitob Chilida taqiqlangan, kommunistlar uni yashirin tarqatishga uringanlar. Illo-irning 1950—60 yillar ijodi N. fikr doirasining kengayganidan, poetik mahoratining yanada takomillashganidan dalolat beradi: "Sevgi haqida 100 sonet", "Chili toshlari" (1960), "Di-niy marosim qoʻshiqlari" (1961), "Qiyomat" (1963) sheʼriy toʻplamlari, "Qora orol memoriali" avtobiografik dostoni (1—5-j.lar, 1964) va boshqa Toshkentda boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1971).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil