Nikolas Jon „Nik“ Robinson (inglizcha: Nicholas John «Nick» Robinson ;tugʻ. 1995 -yil 22-mart[1][2], Sietl, Vashington, AQSh) — amerikalik aktyor, ABC oilaviy komediya seriali Melissa va Joudagi Rayder Skanlon roli, shuningdek, " Yoz qirollari ", " Yura davri dunyosi ", " 5-toʻlqin ", " Sevgi, Simon " va " Butun dunyo " filmlari bilan tanilgan.

Biografiya tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Robinson 1995-yil 22-martda Vashingtonning Sietl shahrida tugʻilgan[2][3]. U besh farzandning eng kattasi, otasining oldingi nikohidan boʻlgan ikki oʻgay aka-uka bundan mustasno[4]. Onasining ismi Denis Ponder[5]. Nik 2013-yilda Kempbell Xoll maktabini tamomlagan[6].

Karyera tahrir

Nik 11 yoshida Charlz Dikkensning " Rojdestvo qoʻshigʻi " romanini dramatizatsiyasida debyut qilgan. 2009-yilda u ABC Family teleseriali Melissa & Jou da Rayder Skanlon rolini oʻynadi va 2015-yilda seriyaning oxirigacha suratga tushdi.

2011-yilda, Melissa va Joey teleserialidan tanaffus qilgandan soʻng, Nik Bella Torn va Zendaya bilan birga Disney Channelning "Janjallar" original filmida rol oʻynadi. Film premyerasi 2012-yil 13-yanvarda boʻlib oʻtdi[7]. 2012-yilda u " Yoz qirollari " filmida Jo Toy bosh rolini ijro etish uchun tanlangan[8]. Suratga olish ishlari 2012-yil iyul oyida Ogayo shtatining Klivlend shahrida boshlangan va 2012-yil avgustida yakunlangan[9][10]. Oʻsha yili u Yogʻochlar imperiyasi teleserialining bir epizodida yosh oʻgʻri Roulend Smit rolini oʻynadi.

2013-yilda[11] u 2015-yil premyera boʻlgan " Yura davri dunyosi " filmida Zak Mitchell roliga tanlandi. 2015-yil Toronto kinofestivalida premyerasi boʻlgan „Charli boʻlish“ filmida bosh rolni qoʻlga kiritdi[12]. 2016-yilda u Rik Yansining " 5-toʻlqin " romani asosida ishlangan filmda Ben Perish (Zombi) rolini oʻynadi.

2016-yil mart oyida Robinson Uilyam Meysining „Kristal“ komediya-dramasida rol oʻynashi eʼlon qilindi[13]. 2016-yil iyul oyida Nik "Bir butun dunyo " filmida rol oʻynagani maʼlum boʻldi[14].

Filmografiya tahrir

Yil Nomi Original nomi Rol

Andoza:ВкФильме Andoza:ВкФильме

20102015 s [Melissa va Jou]] Melissa & Joey Rayden Skolen
2012 s Yog'ochlar imperiyasi Boardwalk Empire Roland Smit

Andoza:ВкФильме

2012 f Janjallar Frenemies Jeyk Logan
2013 f Yoz qirollari The Kings of Summer Jo Toy
2015 f Yura davri dunyosi Jurassic World Zak Mitchell
2016 f 5-to'lqin The 5th Wave Ben Perish "Zombi"
2016 f Charli bo'lish Being Charlie Charli Mills
2017 f Kong: Bosh suyagi oroli Kong: Skull Island bardagi yo'lovchi
2017 f Bir butun dunyo Everything, Everything Olli Brayt
2017 f Kristal Krystal Тeylor Ogbyorn
2018 f Sevgi bilan, Saymon Love, Simon Saymon Spir
2019 f Amerika o'g'li Native Son Yen
2019 f G'alati ammo haqiqat Strange But True Filip
2020 f Ipak yo'li Silk Road Ross Ulbrixt
20202021 s Sevgi bilan, Viktor Love, Victor Saymon Spir
2020 s O'qituvchi (mini serial) A Teacher Erik Uoker
2020 f Bulutdagi soya Shadow in the Cloud Styu Bekkel
2021 s Xizmatkor Maid Shon
  1. „Happy Birthday to #5thWaveMovie’s Ben Parish, Nick Robinson!“. Twitter. 2016-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Nick Robinson“. TVGuide.com. 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  3. „Nick Robinson as Ryder Scanlon | Melissa & Joey“. Freeform. 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  4. Serita Stevens. „Newest Teen Heart Throb: Nick Robinson | Splash Magazines | Los Angeles“. Splash Magazines. 2017-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  5. Bree Coven Brown. „Parenting Child Stars I Keeping Kids Grounded While They Reach for the Stars“. ParentMap. 2016-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  6. Alexi Wasser. „Alexi In Bed with Nick Robinson of 'The Kings Of Summer'“ (2013-yil 29-may). 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  7. „Disney Channel Original Movie “Frenemies” Buddies Up With 4.2 Million Total Viewers“. TV by the Numbers (2012-yil 17-yanvar). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  8. Jeff Sneider. „ʻToy’s House’ gets thesp trio“ (en). Variety (2012-yil 27-iyun). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  9. Clint O'Connor. „'Toy's House': Comedy shooting in Greater Cleveland features Alison Brie, Nick Offerman and Megan Mullally“. cleveland.com (2012-yil 14-iyul). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  10. Joanne Berger DuMound. „Film crew arrives in Berea“. cleveland.com (2012-yil 6-iyul). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  11. Borys Kit. „'Jurassic World' Nabs 'Kings of Summer' Actor“. The Hollywood Reporter (2013-yil 15-oktyabr). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  12. „TIFF.net | Being Charlie“ (en). Toronto International Film Festival. 2016-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  13. Michael Patterson. „William H. Macy's New Film to feature Stars from American Horror Story, Daredevil and Jurassic World!“ (en). Moviepilot (2016-yil 23-mart). 2016-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  14. Borys Kit, Rebecca Ford. „Amandla Stenberg, Nick Robinson to Star in 'Everything Everything' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2016-yil 20-iyul). 2017-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.

Havolalar tahrir