Nikoh toʻyi — kelin va kuyovning nikohini jamoatchilikka maʼlum qilish tantanasi. Bu marosim davrlar oʻtishi bilan qisman oʻzgarib borgan va har bir etnik guruhda oʻziga xos xususiyatlari bilan oʻzaro farq qilgan. Oʻzbek xalqining qad. Nikoh toʻyi tizimida bir qancha marosimlar mavjud: sovchilik, unashtirish, uy koʻrar (qiz koʻrar), fotiha toʻyi, toʻy yuborish, qiz oshi (qizlar majlisi), nikoh oʻqitish, kelin tushdi, kelin salom, charlar, quda chaqiriq kabi marosimlar va ular bilan bogʻliq urf-odatlar. Ularning aksari-yati hozirgacha saqlanib, amal qilinib kelinadi. Nikoh toʻyi kuni yoki bir kun oldin qiz tomonga toʻyning oshini pishirib yoki xomligicha yuboriladi. Qiz xonadonida jamoaga osh tortiladi. Baʼzan kuyovnikida ham osh beriladi. Toʻy kuni yoki bir kun oldin qizning otasinikida nikoh marosimi oʻtkaziladi. Kuyov yaqin joʻrasi, togʻasi bilan boʻlajak kelin xonadoniga borgan. Imom kuyovga er-xotinlik burchi va huquqlarini tushuntirgach, qizning yangasi orqali ruxsatini olib keyin "Xutbai nikoh" (nikoh haqidagi duo) oʻqigan. Qad. oʻzbekchilik udumiga koʻra, nikoh toʻyi tantanalari kuyovnikida oʻtkaziladi. Toʻy oqshomi kuyov joʻralari bilan, karnay-surnay, childirma-yu nogʻoralar sadolari ostida shoʻx oʻyin-kulgi va zavkli qiyqiriqlar bilan ke-linnikiga keladi. Ular chimildiq tor-tilgan xonada, noz-neʼmatlar toʻla das-turxon atrofida siylanadilar. Suyuq ovqat, osh yeyilib boʻlingach, kuyov joʻralaridan biri kelin tomondan kuyov sarposini "sotib oladi". Kuyovni qibla tarafga qaratib unga qizning onasi tayyorlagan chopon, salla kiygiziladi. Kuyov joʻralar muborakbod etgach, surnay xonishi ostida kuyovni qizning onasi, xola-ammalari bilan koʻrishgani olib kelishadi. Ona va buvining oqfo-tihasi, ezgu duolarini olib kuyov oʻz joʻralari bilan uyiga qaytadi. Kelinga oq libosini kiydirib, otasi, buvasi va togʻa, amaki kabi yaqin qarindoshlar bilan xayrlashgani olib chiqadilar. Kelin yangalari, dugonalari davrasida otasining oldiga kelib taʼzim ila bergan nonu tuziga rozilik soʻraydi. Otasi qizining peshonasidan oʻpib, yelkasidan quchib roziligini bildiradi, baxt tilaydi. Qiz onasi oldiga borib "ona-jon, bergan oq sutingizga rahmat" deb bagʻriga singib rozi-rizolik soʻraydi. Kelin mashinaga chiqmasidan avval ota unga oq fotiha beradi, baxt tilaydi. Ishtirokchilarning hammasi duoga qoʻl ochib unga joʻr boʻladilar. Eng qadim odatimizga muvofiq kelin kuyovning uyiga qadar yor-yor bilan kuzatib koʻyiladi. Bu odatlar har viloyatda, qishloklarda oʻziga xos tarzda oʻtkaziladi.

AQShda to'y
Hindistonda to'y

Oʻzbekiston Respublikasida Nikoh toʻyilarida milliylikni saqlagan holda dab-dababozlikka berilmay, isrofgarchiliksiz, ixcham oʻtkazishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilingan.[1]

Fotogalereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil