Nikolay Vasilevich Badanin

Badanin Nikolay Vasilevich (1895– 1965) – gelmintolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956), veterinariya fanlari doktori (1940). Leningrad veterinariya institutini tugatgan (1928). O‘zbekiston qishloq xoʻjaligi institutlarida parazitologiya kafedrasi mudiri (1939–60). Cho‘chqa solityori qo‘zg‘atadigan hamda buzoklarda uchraydigan kasalliklarni davolash va oldini olish ustida ilmiy ish olib borgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil