Nitragin — bakterial oʻgʻit, tarkibida tuganak bakteriyalari bor. 1 g quruq preparatda 50 mln. gacha bakteriya boʻladi. N. tarkibidagi tuganak bakteriyalar atm. azotin toʻplab, u ni oʻsimliklar oʻzlashtiradigan birikmalarga aylantiradi. N. ildizlarda tugunaklar sonini koʻpaytirib, tuproqni azot bilan boyitadi, boʻlajak ekinlar hosilini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. N. donli, dukkakli ekinlar va dukkakli oʻtlarni yetishtirishda qoʻllaniladi. N. quruq xonada 0—10° da saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil