Nosir Ismoilov
Nosir Ismoilovich Ismoilov (1901-yil 27-may — Toshkent — 1974-yil 15-mart) — terapevt; Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948). Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1929), 1942-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri. Addison-Birmer kasalligi, chillashir, pellagrada koʻmikda qon yaratilishi, meʼdaichak, yurak-tomir va qon kasalliklari ustida ilmiy ish olib borgan[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Kasallarni parvarish qilish, T., 1961.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |