Nukleozidlar — tarkibida purin yoki pirimidin asosi va riboza yoki dezoksiriboza uglevodi boʻlgan glikozidlar. N. nukleotidlarning nukleotidaza fermenti bilan parchalanishidan kelib chiqadi. Barcha tirik organizmlardagi nuklein kislotalar va nukleotidlar tarkibida boʻladi. N.ning nomi uning molekulasiga kiradigan asosga karab, Mas, adenin boʻlsa, adenozin, guanin boʻlsa, guanozin va h.k. deb ataladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil