Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi
Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi — Abdurauf Fitratning 1927-yilda chop etilgan oʻzbek musiqa tarixi haqidagi kitobi.
1993-yilgi nashrining muqovasi | |
Asl nomi | Ўзбек классик мусиқаси ва унинг тарихи |
---|---|
Muallif(lar) | Abdurauf Fitrat |
Muharrir(lar) | Asror Samad |
Mamlakat | OʻzSSR |
Til | Oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Ilmiy-ommabop |
Nashr etilgan sanasi | 1927-yil |
Nashriyot | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti |
Mazmuni
tahrirKitobda sharq musiqasi va usullari, oʻzbek musiqasi yaʼni shashmaqom usullari haqida dastlabki tushunchalar berilgan. Bundan tashqari oʻzbek milliy cholgʻularidan tanbur, dutor, rubob, qoʻbiz (yoki qovuz), chang, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, boʻlamon (yoki bulamon), karnay, doira va nogʻora haqida maʼlumotlar berib oʻtilgan.
Nashrlari
tahrirUshbu kitobning ilk nashri 1927-yilda arab imlosida chop etilgan. 1993-yilga kelib Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyotida qayta nashr etilgan[1].
Oʻzbeklarni oʻrganish qoʻmitasi soʻnggi yillarda oʻzbek tiliga, adabiyotiga va tarixiga oid anchagina maʼlumot toʻplab, yaxshigʻina ilmiy natijalar chiqarishgʻa muvaffaq boʻlsa-da, oʻzbek musiqamizgʻa tegishli jiddiy tatabbuotda boʻlina olmadi. Buning asosiy sababi bizda bu sohada ishlay olaturgʻan, yaʼni asliy maʼnoda musiqa nazariyasini bilaturgʻan va sharq musiqasining xususiyatlariga voqif musiqashunoslarning yoʻqligʻir.
Oʻzbek musiqasining asoslarini belgilash, uni tashkil etgan unsurlarni aniqlash, kechirgan davrlarni, butun sabablari bilan, ochiq taʼyin etish va natijada obʼyektiv, ilmiy xulosa chiqarish, oʻzimizdan olim — musiqashunoslar yetishmaguncha mumkin emas. Shu bilan baravar, bizda olim-musiqashunoslar yoʻq deb, milliy musiqa sohasida ilmiy va tarixiy tatabbuotga kirishmasdan tura olmaymiz, mumkin boʻlgʻan darajada bu sohada ishlash, toʻplangan va ishlangan maʼlumotlarni matbuotgʻa chiqarish lozimdir. Hozir toʻplangʻan materiallarda ilmiy usul yogʻidan kamchiliklar boʻlsa boʻlur, lekiz oʻz vaqtida toʻplangan bu materiallar kelgusidagi ilmiy ishlar uchun koʻp yordam berur, biz bunga ishonamiz.
Bu taqdim etilgan «Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi» oʻzbeklarni oʻrganish qoʻmitasining siporishigʻa koʻra oʻrtoq Fitrat tomonidan tuzulgandir. Qoʻmitamiz bu asarni oʻzbek musiqasining tarixi sifatida oʻqugʻuvchilargʻa taqdim eta olmasa-da, oʻzbek musiqasi tarixining maʼlum bir davrini oʻrganish uchun qiymatli material deb ayta oladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Abdurauf Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi. Asror Samad: . Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi «Fan» nashriyoti, 1993-yil. ISBN 5-648-01942-4.