Oʻzbekiston — Slovakiya munosabatlari

Oʻzbekiston — Slovakiya munosabatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997-yil yanvarda S.ga qilgan tashrifi chogʻida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar OʻzR bilan S.ning oʻzaro hamkorligi uchun huquqiy asos yaratdi. Bu hujjatlar orasida oʻzaro munosabat va hamkorlik asoslari toʻgʻrisidagi shartnoma, sarmoyalarni oʻzaro qimoyalash va ragʻbatlantirish hamda savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik haqidagi bitim alohida oʻrin oladi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston — S. munosabatlari hukumatlar, parlamentlar, ekspertlar, tadbirkorlar darajasida rivojlanib keldi. Oʻzbekiston — S. hukumatlararo qoʻshma komissiyasi ishlay boshladi. Ana shularning natijasi oʻlaroq ikki tomonlama tovar aylanmasi 2002-yil 8,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2003-yil martda S. Prezidenti R. Shusterning Oʻzbekistonga tashrifi natijasida imzolangan ikki tomonlama soliq solish va mulkdan keladigan daromaddan soliqtoʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan S. "Eksibank"i oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlari ni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manbalar tahrir