Oʻzbekiston Ekoturizmi

EKOTURIZM

Ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oʻzgarishlar jarayonida mamlakatda ekoturizmning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbyekiston Ryespublikasining koʻpgina mintaqalaridagi tajribaning koʻrsatishicha, ekoturizm — bu ishchi oʻrinlar sonini koʻpaytirishga, tabiiy ekotizimlarni tiklash va saqlashga koʻmaklashuvchi ijobiy ekobiznyesdir, bu esa oʻz navbatida ekoturizmni Markaziy Osiyoda kyeng tarqatish zarurligini koʻrsatadi.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda koʻpgina sayyohlik tashkilotlari Oʻzbyekiston boʻylab ekologik turlarni ishlab chiqishdi, shuningdyek mamlakatda byevosita ekoturizm bilan shugʻullanadigan tashkilotlar tuzildi.

Ana shunday tashkilotlardan biri «Oʻzbyekturizm» Milliy kompaniyasi, Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konfyeryentsiya tavsiyalariga koʻra tuzilgan «Ekosan-tur» Markazidir. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbyekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznyes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdyek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etildi.

Markaz faoliyatining rivojlanishiga 1999 yili Oʻzbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti tomonidan tasdiqlangan «2005 yilgacha boʻlgan davr mobaynida Oʻzbyekistonda turizmni rivojlantirish Dasturi» ham yordam byerdi. Ushbu Dasturga jahon madaniyati va tarixining myerosiga kiruvchi tabiiy yodgorliklarini, qoʻriqxonalarini saqlash va aniq maqsadlarda foydalanish boʻyicha markyeting chora-tadbirlari kiritildi.

Ekoturistik marshrutlarning markyeting stratyegiyasi ishlab chiqilishi va rivojlanishida, Markaz ekologik ryesurslarning yaxlitlikda saqlanishi majburiyligi va bu ryesurslarga nagruzkalarning yoʻl qoʻyilmasligini inobatga oladi. Ushbu aspyektda oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbyekiston Ryespublikasining tabiatni asrash qonunchiligi, shuningdyek, atrof-muhit va mustahkam rivojlanish sohasida xalqaro kyelishuvlarda qabul qilingan normalar Markazning oʻz maqsadiga yetishishida ijobiy yordam byeradi.

Oʻzbyekiston Ryespublikasida ekoturizmning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina muammolar bor jumladan, mahalliy aholini ekoturistik faoliyatga jalb qilish, malakali mutaxassislarning yetishmasligi, koʻpgina mamlakatlardagi potyentsial sayyohlarning Markaziy Osiyo mintaqasining ekoturistik noyob tabiiy-landshaft imkoniyatlaridan byexabarligidir.Ushbu va boshqa masalalarni yechish maqsadida ekoturizmning mustahkamligi va ustunligi toʻgʻrisida mahalliy aholi(mahalla) bilan uchrashuvlar oʻtkazilayapti, Iqtisodiyot univyersityetida va «Oʻzbyekturizm» MKda kadrlarni oʻqitish boshlandi.

Mintaqaning ekoturistik imkoniyatlari toʻgʻrisida xorijiy jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida chyet ellik turistik markazlar, turfirmalar bilan maslahat uchrashuvlari olib borilmoqda. Bu ishda xorijiy davlatlardagi Oʻzbyekiston elchixonasi va «Ekosan» fondining chyet eldagi boʻlimlari ish olib borishyapti. Markaz tomonidan tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy aspyektlarda loyihaning amalga oshirilishi toʻxtovsiz ravishda kuzatilmoqda, ularning oʻzaro aloqasi ekoturizmning mustahkamligi koʻrsatkichidir.

Quyidagi holatlar monitoring indikatorining ahvolidir:

Tabiiy ekotizim, biogyeotsyenoz, biologik harxillikni saqlash va tiklash. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, suv ta’minoti, sanitar-gigiyenik sharoitlar, myehnat sharoitlarini yaxshilash. Iqtisodiy koʻrsatkichlar, mahalliy aholi daromadlarining oʻsishi, aholi punktlarining obodligi. Ekologik madaniyat, madaniyat darajasining oʻsishi. Ekoturistlarning tashrifi natijasiga koʻra(dipkorpus missiyasi va 50 mamlakatdagi xalqaro tashkilot vakillari hamda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar) Orolboʻyi mintaqasiga yiliga 20 mln.AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatildi.Suv bilan ta’minlash tarmogʻi, ijtimoiy infratuzilmalar bunyod etildi, aholi punktlarining sanitar-gigiyenik sharoitlari yaxshilandi. Ekoturistik faoliyatning natijalarini hisobga olib, ta’kidlash mumkinki, Oʻzbyekistonda turizmning mustahkam rivojlanishida ekoturizm muhim faktor boʻlib hisoblanadi. Ekoturizm tabiatni asrash zarurligi, oʻrmonlarni kyesishni qisqartirish, buzilgan tabiiy ekotizimlarni tiklashda qatnashish borasida mahalliy aholi ongida burilish yasaydi. Ekoturizmning oʻtkazayotgan tadbirlari aholining ekologik ma’lumotlarini syezilarli darajada kyengaytirishga yordam byerayapti va mintaqa aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga olib kyeladi.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.