Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori

„Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ („Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan“) koʻkrak nishoni — oʻz qonini kamida qirq marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida oltmish marta bepul topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi[1][2][3][4].

„Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi oʻz qonidan 40-mart yoki uning tarkjibiy qismidan bir qismini oltmish marta bepul topshirgan donorlarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2014-yil 23-iyul.

Butun dunyoda 14-iyun — donorlar kuni sifida eʼtirof etilganligi bois, mamlakatimizda ham ushbu kun keng nishonladi. Shu munosabat bilan bir guruh fuqarolar „Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi[5].

Tavsifi tahrir

  • Koʻkrak nishoni mis qotishmasidan tayyorlanadi va yarimchoʻziq shaklni ifodalaydi, uning oʻzagi 28,0 millimetrni, balandligi — 32,0 millimetrni, qalinligi — 3 millimetrni tashkil etadi.
  • Koʻkrak nishonining old tomonida hayotbaxsh qonning ramzini ifodalaydigan qabariq qizil rangli qon tomchisi tasvirlangan. Koʻkrak nishonining oʻng tomonida shon-sharaf ramzi boʻlgan tilla rang dafna navdasi joylashgan. Koʻkrak nishonining chap tomonida tilla rang shaklli plastinada „FAXRIY DONOR“ degan yozuv berilgan. Yozuv qabariq tilla rang bosh harflarda bajarilgan. Harflarning balandligi 4 millimetr.
  • Koʻkrak nishoni mis qotishmasidan tayyorlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ramzini ifodalaydigan shaklli toʻgʻri burchak shaklida bajariladigan 21,0 x 25,0 millimetr oʻlchamli qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Qadagʻichning qalinligi 3 millimetr.
  • Qadagʻichning old tomoni bayroqning oq foni boʻylab qabariq tilla rang bosh harflar bilan „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI“ yozuvi tushirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglarida bajariladi. Harflarning balandligi 3 millimetr.
  • Qadagʻichning orqa tomonida koʻkrak nishonini kiyimga mahkamlash uchun toʻgʻnogʻich shaklidagi moslama mavjud.

Manbalar tahrir

  1. „Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ („Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan“) koʻkrak nishoni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2014-yildagi 202-son
  2. „„Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ („Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan“) koʻkrak nishoni toʻgʻrisida“. 17-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2022-yil.
  3. Donorga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar[sayt ishlamaydi]
  4. Kimlar donor boʻla oladi?
  5. 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni!

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir