Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil

„Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni — davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishida fidokorlik namunalarini koʻrsatayotgan ziyolilar, fan va sanʼat arboblari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va boshqa shaxslar taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan.[1][2].

„Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi esdalik nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi vatan taraqqiyoti va ravnaqi, xavfsizligi va daxlsizligi yoʻlida samarali mehnat qilgan fuqarolarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2011-yil 17-may.

Tavsifi

tahrir
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega.
  • Esdalik nishonining old tomonida taralayotgan quyosh nurlari fonida Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasiga oʻrnatilgan turnalar shakli tasvirlangan, uning quyi qismida yer shari tasviri tushirilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi aks ettirilgan. Esdalik nishonining yuqori qismining markazida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yubiley sanasini anglatuvchi „20 YIL“ degan yozuv berilgan.
  • Esdalik nishonining aylanasi boʻylab „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL“ soʻzlari yozilgan boʻlib, ikki chekkasidan sakkiz qirrali yulduz bilan chegaralangan. Esdalik nishonining old tomonidagi „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL“ soʻzlarining foni qizil emal bilan, taralayotgan quyosh nurlari, turnalar va yer shari aks etgan qismidagi fon moviy rang emal bilan qoplangan.
  • Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, pastki qismining markazida „2011“ yozuvi qayd etilgan. Tasvirlar va yozuv qabariqdir. Esdalik nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan.
  • Esdalik nishoni halqacha va ilgakcha yordamida ustki qismiga eni 20 millimetrli moviy-zangori rangdagi ipak lenta oʻralgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich (kolodka) bilan tutashtiriladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir