Oʻzbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Oʻzbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi agentlik. 2021-yil 25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tashkil etilgan[2].

Oʻzbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
Turi Davlat agentligi
Ishga tushgan sanasi 2021-yil 26-mart
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Xoʻjayinlar Alisher Inakov, direktor[1]

Agentlik tarkibiga kiruvchi muassasalar tahrir

  • „Saxovat“ va „Muruvvat“ internat uylari;
  • Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi;
  • nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari;
  • urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar;
  • Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
  • Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi;
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari „Saxovat“ va „Muruvvat“ internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
  • Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.

Manbalar tahrir