Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash aʼlochisi

„Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan sogʻliqni saqlash xodimlari hamda aholi sogʻligʻini mustahkamlash ishida oʻzini koʻrsatgan, yetarlicha ish tajribasiga va kasb malakasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shaxslar mukofotlanadi.[1].

„Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolar
Taqdirlash asosi sogʻliqni saqlash xodimlari hamda aholi sogʻligʻini mustahkamlash ishida oʻzini koʻrsatgan, yetarlicha ish tajribasiga va kasb malakasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shaxslar taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2006-yil 5-oktabr.

Tavsifi tahrir

  • „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sariq rangdagi jezdan tayyorlanadi va 34 mm diametrli doiradan iborat boʻladi. Nishonning qalinligi 2 mm.
  • Koʻkrak nishonining old tomonida markazda orqadan taralayotgan quyosh nurlarida tibbiyot xodimlarining ramzi — ilon chirmashgan jom tasvirlangan, qoʻyi cheti boʻylab — „SOGʻLIQNI SAQLASH AʼLOCHISI“ yozuvi bitilgan lenta bor.
  • Soʻl va oʻng yon tomonlarda — dafna novdasi joylashgan. Yuqori qismida, uchida sakkiz burchakli yulduz joylashgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomonida markazda nishon uning yordamida qaytarma yoqaga mahkamlanadigan toʻgʻnagʻich bor. Tasvir va yozuv — qabariq.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir