Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) (1991—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash birlashmasi; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (2019-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga boʻysungan). Asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat ob’ektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qoʻriqlashni taʼminlashdan iborat. Normativ hujjatlarda Qoʻriqlash xizmati nomi bilan atalishiga qaramay, unga nisbatan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi nomi ham qoʻllaniladi[1].

Tarixi tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi rasmiy saytiga koʻra, Oʻzbekiston hududida (O'zbek SSR) qoʻriqlash xizmati faoliyati 1952-yilning 29-oktabrida boshlangan. Saf boʻlinmalari faoliyati ilk bora 1964-yilda Chirchiqda tashkil etilgan. 1969-yilda boʻlinma zimmasiga fuqarolar xonadonini texnik vositalar orqali qoʻriqlash yuklatilgan. 1970-yildan boshlab qoʻriqlash xizmati oʻzining xizmat binolariga ega boʻla boshlagan[1].

SSSR qulab, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan ikki oy oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Respublika Qoʻriqlash birlashmasi tashkil etilgan (keyinchalik nomi Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga oʻzgartirilgan); saf boʻlinmalari tarkibida yangi lavozimlar (mahkama militsiyasi, yoʻnalish militsiyasi) joriy qilingan[1].

2019-yilning 1-martida Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazilgan[1]. Keyinchalik, shu yilning oʻzida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoʻriqlash xizmati nizomi[2] va uning boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxati tasdiqlab berilgan[3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси Қўриқлаш бош бошқармаси тарихи“. Ngoxrana.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  2. [https://lex.uz/docs/-4399172 „Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 332-son 21.11.2019 y. qarori“]. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  3. [https://lex.uz/docs/-4602557 „Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 930-son 03.07.2019 y. qarori“]. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.

Havolalar tahrir