Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati

Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati — haftalik ijtimoiy-adabiy gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati
Turi ijtimoiy-adabiy gazeta
Asos solingan 1956-yil 4-yanvar
Bosh muharrir Humoyun Akbarov[1]
Bosh ofisi Toshkent shahri, Matbuotchular ko‘chasi, 32-uy
Adadi 1188

Tarixi tahrir

 
„O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“ gazetasining 1969-yil 24-iyundagi soni.

Gazetaning ilk soni 1956-yil 4-yanvarda "Oʻzbekiston madaniyati" nomi bilan haftada ikki marta chiqqan. 1981-yildan beri hozirgi nomda koʻpaytirilgan hajmda (8 bet) chop etiladi. Gazetaga Odil Yoqubov, M. Muhamedov, R.Fayziy, Vohid Zohidov, Laziz Qayumov, Asqad Muxtor, Sirojiddin Sayyid, O‘ktam Mirzayor[2], Salim Ashur kabi yozuvchi va shoirlar turli davrlarda muharrirlik qilgan.

Manbalar tahrir