Obidxon qori Nazarov (tugʻ. 15-yanvar, 1958, Namangan, Oʻzbekiston), Oʻzbekistonlik qori. 1965-1975-yillarda Namangandagi 16-oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagan. 1975-1978-yillari 3 yil davomida to'qimachilik fabrikasida ishlagan. 1980-1984-yillarda Toshkent Islom oliy ma'hadida taʼlim olgan. 1985-1990-yillari Toshkentning markaziy masjidi "Tillashayx" jome' masjidida noib imom, 1990-1996-yillarda “To'xtaboy” jome' masjidida imom-xatib bo'lgan.

Obidxon qori Nazarov
Tavalludi 15-yanvar 1958-yil (1958-01-15) (66 yosh)

1995-yili Saudiya Arabistoni qiroli dunyoning bir qator ulamolari safida shayx Obidxon qorini islomiy kutubxona bilan taqdirlagan.

1992-1998-yillar orasida Obidxon qori Ozodlik radiosining diniy dasturini olib borib, tinglovchilarni Qurʼoni karim tafsiri bilan tanishtirib borgan. 1996-yildan boshlab Karimov hukumati ta'qibiga uchragan. 1998-yildan 2000-yilgacha Oʻzbekistonda berkinib yashashga majbur bo'lgan. 2000-yildan 2006-yilgacha Qozogʻistonda yashirinib yurgan. 2006-yili BMTning qochqinlar ishi bo'yicha komissari o'z himoyasiga olgan va u kishiga Shvetsiyadan siyosiy boshpana berilgan. 2007-yil Islom Ovozi web-sahifasiga asos solib, ilmiy faoliyatida davom etgan.

2012-yil Shvetsiyadagi o'z uyi yaqinida noma'lum shaxs tomonidan suiqasdga uchrab o'limdan omon qolgan. Suiqasd ijrochisi keyinroq qo'lga olinib bir umrli qamoqqa hukm qilingan. U kimsa O'zbekiston MXX si tomonidan yollangan degan gumonar bor. Obidxon qori bugungi kungacha davolanayotgani aytiladi. Uning ma'ruzalari Islom Ovozi saytida va Facebook, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda nashr qilinib kelmoqda.

Havolalar tahrir