Bosh menuni ochish

Odil Olimjonovich Ahmedov (1987-yil, 25-noyabr; Namangan, Oʻzbekiston ) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampluasi yarimhimoyachi, asosan markaziy va tayanch yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Xitoyning «Shanhay» klubi futbolchisidir.

Odil Ahmedov
Odil Ahmedov (FK Krasnodar).JPG
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmedov Odil Olimjonovich
Tavallud sanasi 25-noyabr 1987 (1987-11-25) (31 yosh)
Tavvalud joyi    Namangan, Oʻzbekiston,
Boʻyi 180 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Odil Ahmedov Shanhay S.I.PG FC
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Odil Ahmedov Navbahor
Odil Ahmedov Lokomotiv Toshkent
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gol)*
2006—2011
2011
2016h.v
Odil Ahmedov Paxtakor
Odil Ahmedov Anji
Odil Ahmedov Krasnodar
Odil Ahmedov Shanhay
102 (16)
86 (3)
38 (4)   
Milliy terma jamoa
2007-h.v Odil Ahmedov Oʻzbekiston 73 (14)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

Biografiyasi va karyerasiTahrirlash

Ilk yillariTahrirlash

Odil Ahmedov 1987-yilning 25-noyabr kuni Namangan shahrida tugʻilgan. 2000-yillarning boshida U «Havbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» futbol klublari akademiyasida tahsil olgan. Keyinroq U Toshkentning «Paxtakor» klubi oʻrinbosarlar tarkibida oʻynashni boshlagan.

«Paxtakor» safidaTahrirlash

2006-yilda Rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedovning oʻrinbosarlar jamoasidagi oʻyinini kuzatib uni «Paxtakor» bosh jamoasiga jalb qiladi va shu bilan Ahmedovning «Paxtakor»dagi faoliyati boshlanadi. Uning «Paxtakor» safidagi ilk debyut oʻyini oʻsha yilning 16-may kuni Ahmedov 18 yoshdaligida, safarda zarafshonning «Qizilqum» jamoasiga qarshi chempionat oʻyini boʻldi. «Paxtakor» safidagi ilk mavsumidayoq U Oʻzbekiston chempionligini va Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritadi.

2007-yilgi mavsumda Ahmedov «Paxtakor» bilan yana Oʻzbekiston chempionligini, Oʻzbekiston Kubogini va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar, hozir esa MDHga aʼzo davlatlar ishtirok etadigan Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogini qoʻlga kiritadi. Oʻsha mavsumda, «Paxtakor» Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida Latviyaning «Ventspils» klubini penaltilar seriyasida 9:8 hisobida magʻlubiyatga uchratib kubokga ega chiqgan edi.

2008-yilgi mavsumda Odil Ahmedov «Paxtakor» bilan Oliy Ligada ikkinchi, Oʻzbekiston Kubogi va Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finaligacha yetib keladi va har ikki finalda imkoniyatni boy berib kumush medallarni qoʻlga kiritadi. Oʻshanda «Paxtakor» Oʻzbekiston Kubogida «Bunyodkor»ga, Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida esa Ozarbayjonning «Hazar-Lenkoran» klubiga 4:3 hisobida yutqazgan edi.

 
Anji safida

YutuqlariTahrirlash

JamoaviyTahrirlash

  «Paxtakor»

  «Anji»

  • Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2012/2013

  «Krasnodar»

  • Rossiya Kubogi finalchisi: 2013/2014
  • Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2014/2015

OilasiTahrirlash

  • Uylangan, uch farzandning otasi
  • Otasi Olimjon Ahmedov
  • Akasi Yoqub Ahmedov Olimjonovich - oʻzbek aktyori, rejissyor va prodyuser

ShaxsiyTahrirlash

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2014
  • «Anji» futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011
  • «Krasnnodar» futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2014/2015

ManbalarTahrirlash