Omar El Kaddouri (Talafuzi: Umar El Kadduri 1990-yil 21-avgustda Riffian-Berberda tugʻilgan) — professional futbolchi, Gretsiya Superligasining PAOK klubida yarim himoyachi yoki qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Belgiyada tugʻilgan, Marokash termajamoasi sharafini xalqaro miqyosda himoya qiladi[3].

Omar El Kaddouri
El Kaddouri playing for PAOK in 2018
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Omar El Kaddouri
Tavallud sanasi 21-avgust 1990-yil (1990-08-21) (34 yosh)
Tavallud joyi Brussels, Belgium
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
PAOK
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2006 Diegem
2006-2008 Anderlecht
2008-2010 Brescia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2008 Anderlecht 0 (0)
2008-2012 Breshiya 39 (7)
2010-2011Südtirol (loan) 31 (2)
2012-2017 Napoli 32 (1)
2013-2015Torino (loan) 61 (9)
2017 Empoli 15 (3)
2017- PAOK 114 (6)
Milliy terma jamoa
2011-2012 Belgiya U21 2 (1)
2012 Marokash Olimpiya[1][2] 2 (0)
2013-2020 Marokash 30 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 5-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 13-oktyabr uchun)

Klub faoliyati

tahrir

Dastlabki qadam

tahrir

Ota-onasida Riffian-Marokash boʻlgan Belgiya oilasida tugʻilgan El Kaddouri oʻzining ilk faoliyatini K.Diegem Sport klubida boshlagan. Keyinchalik u yoshlar tizimi da koʻzga tashlana boshlaganidan soʻng Anderlextga koʻchib oʻtadi. 2008-yilda Torneo di Viaregjio paytida uni Italiyaning „Breshiya“ futbol klubi skautlari koʻzatib borishadi va uni jamoaga jalb qilishadi.

U „Breshiya“ yoshlar jamoasida ikki mavsum oʻynaydi. 18 yoshidayoq 2009-yil 30-martda „Livorno“ ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi va asosiy jamoada dubyut qiladi. Asosiy jamoada unga muntazam joy yoʻqligi sababli u Lega Pro-ning Südtirol jamoasiga ijara asosida yuboriladi. U yerda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol uradi va 10 ta golli uzatmani amalga oshiradi.

Breshiya

tahrir

2011-2012-yillar davomida El Kaddouri Breshiyaga qaytadi va markaziy yarim himoyada oʻynay boshlaydi. 2011-yil 3-oktabrda u ikkinchi golni „Cittadella“ ga qarshi o‘yinda kiritadi. 2012-yilning 5-martida u Le Rondinelle uchun mavsumdagi beshinchi golini Gubbioga qarshi oʻyinda Jonatasning golli uzatmasi soʻng amalga oshiradi. U mavsumni 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol bilan yakunlaydi.

Napoli

tahrir

2012-yil 24-avgustda El Kaddouri rasman Breshiyadan "Napoli"ga 2 million evroga birgalikda egalik qilish huquqi asosida transfer qilinadi[4].

Neapolliklar safida 20 sentyabr kuni Shvetsiyaning AIK jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi o‘yinida boshlang‘ich tarkibda rasman debyut qiladi. Uning A seriyadagi debyuti 2-dekabr kuni „Peskara“ ga qarshi uy uchrashuvida boʻladi. U mavsum davomida A seriyada jami 7 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2013-yilning 20-iyunida „Napoli“ futbolchining transfer huquqlarining ikkinchi yarmini „Breshiya“dan sotib oladi[5].

Torino

tahrir
 
El Kaddouri Torino jamoasi safida

2013-yil 11-iyulda El Kaddouri Napolidan shartnomasining yarmini birgalikda egalik qilish huquqi asosida Torinoga ijaraga beriladi[6]. U 17-avgust kuni Italiya kubogining 3-bosqichida „Peskara“ ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, tanaffusda Aleksandr Farnerudni almashtirgan holda debyut qildi. 24-noyabr kuni u „Torino“ uchun „Kataniya“ ga qarshi oʻyinda (4:1) oʻzining dastlabki ikkita golini kiritadi[7]. 2014-yilning 17-fevralida u „Verona“ ga qarshi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, oldingi gollarga ikkita golli uzatma beradi.

El Kaddouri ligada 29 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Mavsum oxirida „Torino“ futbolchi shartnomasining 50 foizini Napolidan sotib olishni maʼqul koʻradi, ammo „Napoli“ shartnomasini koʻrsatilganidek, toʻliq sotib olish huquqidan foydalanadi. 2014-yilning 1-iyulida uni sotib olish sharti bilan yana „Torino“ga ijaraga berishadi[8]. 2015-yil 7-fevralda u mavsumdagi ilk golini safarda „Verona“ga qarshi o‘yinda kiritadi.

= "Napoli"ga qaytish

tahrir

2015-yil 25-iyun kuni El Kaddurining shartnomasi Torino tomonidan bekor qilinadi va Neapolga qaytadi.

Empoli

tahrir

2017-yilning 31-yanvarida, qishki transfer oynasi vaqtida El Kaddouri rasman Empoli jamoasi safiga borib qo‘shiladi va „Napoli“dan 2021-yilning 30-iyuniga qadar uch yarim yillik ijara shartnomasi asosida ko‘chib o‘tadi.

2017-yilning 24-avgust kuni PAOK jamoasi marokashlik yarim himoyachi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi[9]. 2018-yilning 14-aprelida u o‘zining Superligadagi ilk golini o‘z maydonida „Panionios“ga qarshi o‘yinda (3:1) kiritadi[10]. Saloniki jamoasidagi birinchi yilida u Gretsiya kubogini zabt etishga erishadi. PAOK va AEK oʻrtasidagi final OAKA stadionida boʻlib oʻtadi va „Dikefalos tou Vorras“ 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Keyingi mavsumda u jamoada faolroq oʻynadi va PAOK ustozi Razvan Lucheskuning unga bergan koʻp imkoniyatlardan foydalandi. Biroq qishki transfer oynasida Italiyaning Parma jamoasiga oʻtishi mumkinligi haqida kuchli mish-mishlar tarqaldi, ammo Luchesku va Ivan Savvidisning taklifidan soʻng u oxir-oqibat klubda qoladi va mavsum finalida dublni nishonlaydi. Shuningdek oʻsha mavsum chempionlik, kubokni ham qoʻlga kiritadi. 2019-2020-yilgi mavsumda u asosiy tarkib uchun asosiy tanlovlardan biri boʻlgan boʻlsa, 2020-2021-yillar uning Saloniki jamoasidagi eng samarali yili boʻlib, 39 oʻyinda qatnashib, 3 gol va 6 golli uzatmani amalga oshiradi. Gretsiya kubogi finalida u PAOK bilan Gretsiya kubogini qoʻlga kiritgan. Finalda PAOK OSFP ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Bu El Kaddurining PAOK jamoasi bilan toʻrtinchi umumiy chempionligi boʻladi. 2021-yilning 16-iyunida PAOK va El Kadduri o‘zaro shartnomani yana ikki yilga uzaytirishga kelishib oldilar hamda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud, maʼlumotlarga ko‘ra, agar mavsum davomida 50% oʻyinlarda maydonga tushsa avtomatik ravishda shartnoma uzayadi[11][12]. El Kaddouri mavsumga oʻzi ishtirok etgan „Bohemian FC“ va „Riyeka“ bilan Yevropadagi birinchi oʻyinlardan soʻng mushaklaridan jarohati oladi. U uni Konferentsiya ligasi guruhlarining „Lincoln Siti“ va „Slovan Bratislava“ bilan dastlabki ikki oʻyinida, shuningdek, PAS bilan oʻz uyida, "Asteras " bilan, „ Panetolikos“ mehmonda, AEK bilan uyda va OFI mehmonda boʻlib oʻtgan chempionatning dastlabki beshta oʻyinida ishtirok etmaydi. Oktyabr oyida maydonga qaytadi va bir qator oʻyinlarda maydonga tusha boshlaydi. U ketma-ket ettita chempionat va uchta Yevropa oʻyinida maydonga tushadi, ammo dekabr oyida mushaklarning yangi jarohati paydo boʻladi. Chempionatning ketma-ket 10 oʻyinida, Konferentsiya ligasi guruhlari finalida, shuningdek, AEK bilan Kubok chorak finalidagi ikkita oʻyinda maydonga tusha olmaydi. U fevral oyining oxirida Chempionatning qolgan toʻrtta oʻyinida maydonga qaytadi. El Kaddouri aprel oyi boshida yana Razvan Luchesku ixtiyoriga qaytadi, „Panatinaikos“ bilan pley-off oʻyinida 63 daqiqa oʻynaydi va Marseldagi oʻyinning ikkinchi boʻlimida darvozani ishgʻol qiladi. Toʻgʻrisi, PAOK avvallari El Kaddurisiz oʻynagan, ammo bu unchalik katta yoʻqotish emas degani edi. Sifat, tajriba, shuningdek, uning jamoadagi eng katta shartnomalaridan biriga ega ekanligi uni qadrli qiladi. PAOKdagi 5 yillik faoliyati davomida o‘tkazgan o‘yinlari va o‘ynamaganliklarini qayd etar ekanmiz, marokashlik futbolchi turli sabablarga ko‘ra jamoasi o‘yinlarining 38,58 foizida mag‘lub bo‘lgan. Asosan jarohatlar tufayli va kamroq hollarda kartalar yoki zaxira oʻrindigʻida qolishga majbur boʻlgan tufayli tarkibdan tushib qolgan[13].

Milliy terma jamoada

tahrir

Dastlab El Kaddouri Belgiya U21 jamoasi tarkibida boʻlgan. U oʻzining birinchi golini 2011-yil 14-noyabrda 2013-yil 21-yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa saralash bosqichi doirasida Angliyaga qarshi oʻyinda urgan. 2012-yil iyul oyida u Marokash bilan birga Londonda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ikkita oʻyinda ishtirok etgan.

El Kaddouri Marokash terma jamoasida tarkibiga jalb qilndi va 2013-yil 14-avgustda Burkina Fasoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U birinchi golini 2014-yil 23-may kuni Mozambik bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (4:0) kiritgan[14].

Faoliyat statistikasi

tahrir
2022-yil 6-martgacha bo'lgan o'yinlar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubik Xalqaro Boshqa Jami
Dvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Breshiya 2008-2009 Serie B 1 0 0 0 - - 1 0
2009-2010 0 0 2 0 - - 2 0
2011-2012 38 7 2 0 - - 40 7
Jami 39 7 4 0 0 0 0 0 43 7
Südtirol (Ijara) 2010-2011 Lega Pro 31 2 0 0 - - 31 2
Napoli 2012-2013 Serie A 7 0 1 0 4 0 - 12 0
2015-2016 20 1 1 1 5 1 - 26 3
2016-2017 5 0 0 0 0 0 - 5 0
Total 32 1 2 1 9 1 0 0 43 3
Torino (Ijara) 2013-2014 Serie A 29 5 1 0 - - 30 5
2014-2015 32 3 1 0 13 1 - 44 4
Total 61 8 2 0 13 1 0 0 74 9
Empoli 2016-2017 Serie A 15 3 1 0 - - 16 3
PAOK 2017-2018 Super League 18 1 3 1 0 0 - 21 2
2018-2019 17 1 6 0 9 1 - 32 2
2019-2020 23 1 2 0 4 0 - 29 1
2020-2021 26 2 4 0 9 1 - 39 3
2021-2022 14 1 1 0 11 2 - 26 3
2022-2023 0 0 0 0 0 0 - 0 0
Jami 98 6 16 1 33 4 0 0 147 11
Faoliyatida Jami 276 27 25 2 55 6 0 0 356 35

Xalqaro

tahrir
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib Xol Natija Musobaqa Mnb.
1. 2014-yil 23-may Stadio de San Luis, Faro   Mozambik 1 — 0 4-0 Doʻstona [15]
2. 2014-yil 9-oktyabr Stade de Marrakech, Marrakech   Markaziy Afrika Respublikasi 3 — 0 4-0 Doʻstona [16]
3. 2014-yil 13-noyabr Stade Adrar, Agadir   Benin 3 — 0 6-1 Doʻstona [17]
4. 2015-yil 12-iyun Stade Adrar, Agadir   Liviya 1 — 0 1-0 Afrika Millatlar Kubogi-2017 saralashi
5. 2015-yil 12-oktyabr Stade Adrar, Agadir   Gvineya 1 — 1 1-1 Doʻstona

Yutuqlar

tahrir

PAOK

  • Gretsiya Superligasi: 2018-2019
  • Gretsiya kubogi: 2017-2018, 2018-2019, 2020-2021;[18] ikkinchi oʻrin: 2021-2022

Manbalar

tahrir
  1. „London 2012 football men – Olympic Football“ (2017-yil 3-iyun). 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-sentyabr.
  2. „London 2012 football men – Olympic Football“ (2017-yil 3-iyun). 2012-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-sentyabr.
  3. „Avanti Maestro!“ (2021-yil 20-may).
  4. „Ufficiale: Omar El Kaddouri al Napoli“. Article on sscnapoli.it (2012-yil 24-avgust). Qaraldi: 2012-yil 24-avgust.
  5. „Risolte anche le partecipazioni di Mannini e Santacroce in favore di Siena e Parma“ (it). sscnapoli.it. Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
  6. „El Kaddouri al Toro | TORINO FC 1906 SITO UFFICIALE“. 2013-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-iyul.
  7. „Torino vs. Catania – 24 November 2013“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  8. „UFFICIALE – El Kaddouri ritorna al Torino“ (it). torinogranata.it. Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  9. „Στον ΠΑΟΚ ο Ομάρ Ελ Καντουρί – PAOKFC“ (el-GR). PAOKFC (2017-yil 24-avgust). Qaraldi: 2018-yil 14-may.
  10. „Πρώτα συλλαλητήριο, μετά... μπαλάρα! (vid)“ (el). Qaraldi: 2018-yil 14-may.
  11. „ΠΑΟΚ: Οριστική συμφωνία με Ελ Καντουρί!“ (el). www.sport-fm.gr (2021-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  12. „Aνανέωσε με Ελ Καντουρί για 2+1 χρόνια ο ΠΑΟΚ!“ (el). www.sport-fm.gr (2021-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  13. „Aνανέωσε με Ελ Καντουρί για 2+1 χρόνια ο ΠΑΟΚ!“ (el). metrosport.gr (2022-yil 5-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  14. „Morocco mauls Mozambique“. The World Game (2014-yil 24-may). Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  15. „Morocco mauls Mozambique“. The World Game (2014-yil 24-may). Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.„Morocco mauls Mozambique“.
  16. „Morocco 4 Central African Republic 0: Hamdallah hat-trick eases hosts to victory“. FourFourTwo (2014-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  17. „Morocco 6 Benin 1: Ruthless hosts lift the gloom“. Sportal (2014-yil 13-noyabr). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  18. „Paok win Greek cup final over Olympiakos“. Greek City Times (2021-yil 23-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.

Havolalar

tahrir