Enrike Omar Sivori (ispancha: Enrique Omar Sívori) — argentinalik va italiyalik futbolchi, hujumchi, keyinchalik murabbiy. Argentina va Italiya terma jamoalarida oʻynagan.Argentina terma jamoasini boshqargan."River Pleyt", „Yuventus“ va „Napoli“ klublarida oʻynagan.

Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan „Oltin toʻp“ sovrindori.Ikki marta Italiyaning eng yaxshi futbolchisi,1 marta Italiya chempionatining eng yaxshi to'purari boʻlgan.IFFHS talqini boʻyicha jahon futbolchilari orasida 36-oʻrinni va XX-asr Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilari orasida 16-oʻrinni egallaydi. FIFA 100 ga kiritilgan.

Sivorining „River Pleyt“dan „Yuventus“ ga oʻtishi oʻsha davrdagi eng qimmat transfer boʻldi.Sivori A Seriyaning bir oʻyinda urilgan gollari soni boʻyicha rekordchi-6 ta gol.U nafaqat futboldagi yutuqlari, balki intizomsiz xatti-harakatlari bilan ham tanilgan.Italiyadagi oʻyinlari davomida u koʻp chetlatishlar tufayli 33 ta uchrashuvni oʻtkazib yuborgan.

1980-yillarning argentinalik futbolchisi Diyego Maradonaga oʻxshash oʻyin uslubi tufayli Sivori matbuotda „1960-yillarning Maradonasi“ deb atala boshlandi.

„Bu men hayotimda koʻrgan eng yaxshi 5 futbolchidan biri“ degandi[1].Adolfo Pederner

Tarjimai holiTahrirlash

Umar Sivori 1935-yil 2-oktabrda Buenos-Ayresdan 250 km uzoqlikda joylashgan San-Nikolas de los Arroyos shahrida Neapoldan kelgan italiyalik emigrantlar Adeodato Sivori va Karola Tirakkiya[2] oilasida tugʻilgan.Bolaligida Sivori futbolni juda tez yaxshi koʻrib qoldi.Tongdan tungacha uylar orasida futbol oʻynadi.Sivori oʻz chiqishlarini „San Nikolas“ klubining yoshlar jamoasida boshladi.U yerda u oʻta zoʻravon xatti-harakatlari bilan ajralib turardi.U tez-tez janjallashib, sheriklariga baqirib yurardi. Bularning barchasi bilan Sivori klubning boshqa oʻyinchilari orasida oʻzining mahorati, shuningdek,Sivorining yugurish uslubi tufayli ichki ishtonidan doimo osilib chiqib turuvchi formasi tufayli ajralib turardi[2]."San-Nikolas"da oʻynashni boshlaganidan koʻp oʻtmay,Sivori shahar terma jamoasida oʻynay boshladi.

"River Pleyt"Tahrirlash

„Bu ismni menga ota-onam berishgan va Chezarini uni mashhur qilgan“[2].Omar Sivori

Sivori 16 yoshda boʻlganida, „San-Nikolas“dagi oʻyinlardan birida „River Pleyt“ yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Renato Chezarini ishtirok etgan. Chezarini Sivorining qobiliyatini payqab qoldi va uni klubga taklif qildi. Dastlab Sivori klubning 4-tarkib jamoasida toʻp surgan boʻlsa, ikki yil ichida klubning barcha bosqichlarini bosib oʻtdi va asosiy tarkibga chaqirildi.1954-yil 30-yanvarda Sivori „River Pleyt“ning asosiy tarkibida Belgradning „Partizan“ klubi bilan oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.Uchrashuvning 81-daqiqasida Labruna oʻrniga maydonga tushdi. 4-aprel kuni Sivori Argentina chempionatidagi birinchi oʻyinni „Lanus“ga qarshi oʻtkazdi va oʻyin „River Pleyt“ning 5:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.Sivori oʻyindagi oxirgi golni urdi.

„Chezarini barcha yoshlar jamoalarining murabbiyi edi va u mening shaxs va sportchi sifatida xarakterimni shakllanishida boshlangʻich nuqta boʻldi“[3].Omar Sivori

 
„River Pleyt“ tarkibidagi Sivori

Bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlardan soʻng Sivorini klubdagi birinchi oʻyinida almashtirgan futbolchi Labruna bilan taqqoslana boshlashdi.Omar chap oyogʻi bilan kuchli zarba berardi.Ikki oyoqda driblingi ajralib turardi.Buning uchun unga „Chapaqay“ laqabi qoʻyiladi.Uning oʻsha paytdagi eng mashhur oʻyinlaridan biri mamlakatning boʻlajak chempioni „Boka Xuniors“ klubi bilan oʻyinda boʻldi.Unda Sivori raqib maydonida raqibning 4 futbolchisini bir necha marta aylanib chiqdi. Oʻyindan soʻng „River“ muxlislari Sivorini qoʻllariga olib, stadiondan olib chiqib ketishdi. Oʻyindan keyin bu usul „roʻmolcha bilan sirk“ deb ataldi.Keyinchalik u Sivorining eng mashhur futbol hiylalaridan biriga aylandi.Sivori shuningdek hech qachon himoya getrisini kiymagani va har doim pastga tushirilgan getri bilan oʻynagani bilan ajralib turardi.1955-yilda Sivori oʻzining birinchi Argentina chempionligini qoʻlga kiritdi.Uning klubi eng yaqin taʼqibchisi „Rasing“ klubidan 7 ochko oldinda edi.Bir yil oʻtgach „River“ ketma-ket ikkinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. „Sivorini oʻnta oʻrtamiyona jamoaga qoʻying va siz chempion jamoaga ega boʻlasiz“[4]. Renato Chezarini

 
Argentina terma jamoasining „iflos yuzlari“

1956-yil 22-yanvarda Sivori Argentina terma jamoasi safida Janubiy Amerika chempionati doirasida Peru bilan oʻyinda debyut qildi va uchrashuvning 43-daqiqasida birinchi golni kiritdi.Oʻsha musobaqada Sivori 4 ta oʻyin oʻtkazdi, shu jumladan musobaqa finali. Unda Argentina Urugvayga 1: 0 hisobida yutqazdi.1956-yil 6-martda Kosta-Rika terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Sivori 3 ta gol urdi va jamoasi 4:3 hisobida gʻalaba qozondi.Keyingi oʻyinda u Braziliya darvozasiga gol urdi, oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Keyingi yili Sivori milliy terma jamoa bilan ikkinchi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etdi.Ushbu musobaqada Sivori 5 uchrashuvda 3 ta gol urishga erishdi. Sivori, Antonio Anjelilo va Umberto Maskiodan tashkil topgan argentinaliklarning hujum chizigʻi ayniqsa kuchli koʻrindi.Bu uch oʻyinchiga „iflos yuzlar“ laqab qoʻyishgan (ispancha: caras sucias).Braziliya terma jamoasi bilan oʻyindan keyin deyarli butunlay loyga botgan argentinaliklar 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[2].Ushbu musobaqadan soʻng har uchala futbolchi ham Italiyaning yetakchi klublari qiziqish doirasiga tushib qolishdi, keyin esa Italiyaga sotib yuborildi.Sivorini „Yuventus“ klubi sotib oldi.Ular forvardning transferi uchun 10 million peso (93 ming funt yoki 160 milliard lira) toʻladi.Bu transfer oʻsha paytda dunyodagi eng qimmatiga aylandi[2]. Sivorining Turinga oʻtishiga sabablardan biri Chezarinining maslahati boʻlgan, shu sababli Sivori „Yuventus“ga ketishni xohlagan[3]. Sivori sotuvidan tushgan pul evaziga „River Pleyt“ „Monumental“ stadionini taʼmirlashini tugatishga muvaffaq boʻldi.

"Yuventus"Tahrirlash

Omar Italiyaga samolyotda uchishdan qoʻrqib, kemada sayohat qilgan.Sivori Turinga ilk bor kelganida uning sharafiga ziyofat uyushtirilgandi."Yuventus" prezidenti ikki yil davomida Omarni kuzatib borgan Umberto Anelli Sivoriga: „Bu lahzani 2 yildan beri kutgandim“, dedi.Sivori: „Men „Yuventus“da 5 yildan beri oʻynashni orzu qilardim“.Shundan soʻng futbolchini klub muxlislariga tanishtirish marosimi boʻlib oʻtdi va unda bir necha ming kishi qatnashdi.Bu chiqishda Sivori toʻpni jonglyor qilib, barcha tribunalarni aylanib chiqdi, toʻpni umuman tushirmadi.1957-yil 8-sentabrda Sivori „Yuventus“ tarkibida „Verona“ bilan oʻyinda „Yuventus“ 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.Oʻsha oʻyinda yana bir klub forvardi uelslik Jon Charlz debyut qildi.Sivorining klubdagi dastlabki bir nechta oʻyinlari unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi.Omar sheriklari bilan oʻynay boshladi.Umberto Anelli klub mablagʻlarini oʻzlashtirishda ayblangan janjal tufayli jamoa yigʻin oʻtkaza olmadi. Keyinchalik Sivori gol urishni boshladi.Jamoasi esa gʻalaba qozona boshladi."Venetsiya" bilan oʻyinda Sivori 4 ta chempionatda jami 22 ta gol urib, Eddi Firmani va 28 ta gol urgan Charlzdan keyin chempionat toʻpurarlari orasida uchinchi boʻldi.Uelslik futbolchi Sivorining uzatmalaridan gol urardi.Oʻsha yili „Yuventus“ mamlakat chempioniga aylandi, oʻtgan mavsumda 9-oʻrinni olgandi.

„Biz endigina birga oʻynay boshladik.Gigant va chaqaloqning klassik tandemi“[5].Jon Charlz

1959-yilda klub mamlakat chempionatida atigi 4-oʻrinni egalladi.Yevropa chempionlar kubogida u Avstriyaning „Viner“ klubi bilan toʻqnash keldi.Birinchi oʻyinda „Yuventus“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi,Sivori „Yuventus“ning barcha 3 ta golni urdi, ikkinchisida esa 0:7 hisobida „yanchib tashlandi“[6]."Yuventus"ning oʻsha mavsumdagi yagona muvaffaqiyati Italiya kubogidagi gʻalaba edi, final uchrashuvida „Yuventus“ „Inter“ni 4:1 hisobida magʻlub etdi.Bu oʻyindagi soʻnggi golni Sivori kiritdi.

 
Sivori va Umberto Maskio

1960-yilda Sivori Italiya chempionati va mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi.Shuningdek oʻtkazilgan 31-oʻyinda 28 ta gol urib, A seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.Umuman olganda oʻsha chempionatda „Yuventus“ 92 ta gol urdi va bu koʻrsatkich boʻyicha eng yaqin taʼqibchisi „Inter“ klubini 24 ta golga ortda qoldirdi. Gollarning asosiy qismini „Sehrli uchlik“ deb atalgan hujumchilar Sivori,Charlz va Boniperti triosi kiritdi.Keyingi yili Sivori yana Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi va mavsum oxirida u Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga topshirilgan „Oltin to'p“ni oldi.Oʻsha mavsumning 10-iyun kuni Sivori Italiya futbol federatsiyasi bilan mojaro tufayli yoshlar tarkibini oʻyinga olib chiqqan „Inter“ga 6 ta gol urdi va 9:1 hisobida magʻlub etishdi. „Bu haqda menga birinchi boʻlib klubimiz vitse-prezidenti aytdi. Rostini aytsam shu paytgacha men nafaqat „Oltin toʻp“ni koʻrganman, balki uning borligini ham bilmasdim. Sovrin menga Yevropa Chempionlar kubogi doirasidagi „Real“ga qarshi birinchi oʻyin oldidan uyimda topshirildi.Oʻshanda men yaxshi holatda emasdim va biz „Real“ga magʻlub boʻldik 0:1.Ammo javob oʻyinida qoʻlimdan kelganini qildim va „Real“ darvozasiga gol urdim. „Yuventus“ 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va yevrokuboklarda „Real“ga qarshi oʻz uyidagi ilk magʻlubiyatini keltirdi.“Oltin toʻp"ga kelsak 1968-yilda Argentinaga qaytib kelganimda uni darhol seyfga qoʻygandim.U men uchun juda aziz edi. Men uning tijorat qiymatini bilmasdim, lekin vijdonan aytganda uyimdan osongina oʻgʻirlanishi mumkin boʻlgan „Oltin toʻp“ni yoʻqotib qoʻyganimdan afsusdaman.U uzoq yillar seyfda yotgandi.Omar Sivori

Oʻsha yili Sivori Italiya fuqaroligini oldi va Italiya terma jamoasiga chaqirildi.1961-yil 25-aprelda Shimoliy Irlandiya bilan oʻyinda terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi va birinchi oʻyindayoq gʻalaba golini kiritdi. Oʻsha yili Italiya Argentina terma jamoasi bilan toʻqnash keldi, Sivori birinchi boʻlimni ishonarsiz oʻtkazdi, ammo ikkinchi boʻlimda Sivori „oʻzini yigʻib oldi“ va ikkita gol urib,Italiyaga 4:1 hisobida gʻalaba keltirdi. 1961-yil 4-noyabrda Sivori Isroil bilan oʻyinda 1962-yilgi jahon chempionati saralash bahsida 4 ta gol urdi. „1961-yilda ular menga „Oltin toʻp“ni berishganida, oʻzim xohlagandek va kimga hohlagan boʻlsam gol urgandim.Italiya termasida 9 ta oʻyinda 8 ta gol urganman! Bu borada menga teng keladigani yoʻq edi.Garchi oʻsha paytda dunyoda Suares,Di Stefano,Puskash kabi yaxshi insonlar chiqish qilishgan“.Omar Sivori

1962-yilda Sivori uchinchi marta A seriya chempionligini qoʻlga kiritdi.Oʻsha yili u jahon chempionatiga yoʻl oldi va u yerda 2 ta oʻyin oʻtkazdi.Jahon chempionatidagi soʻnggi oʻyini 1962-yil 7-iyunda Shveysariya bilan oʻtkazilgan oʻyin Sivori uchun „Skuadra Adzurra“ uchun soʻnggi oʻyin boʻldi. 1964-yilda paragvaylik murabbiy Eriberto Errera „Yuventus“ni qabul qilib oldi.U bilan Sivori tezda mojarolarni boshladi.Errera qattiq sxemalar va tartib-intizom tarafdori edi.Sivori buni hech qachon yoqtirmasdi. Mojaroni hatto klub egalari Annelli guruhi ham bartaraf eta olmadi. Sivori ketishga majbur boʻldi.Oxirgi yili „Yuventus“da „Sivori“ Yarmarkalar kubogini qoʻlga kiritishi mumkin edi, ammo finalda klub Vengriyaning „Ferensvarosh“ jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.

„„Mantova“ tarkibida „Yuventus“ga qarshi oʻynaganman.Sivori tez-tez darvozamga zarba berardi va bir marta toʻp uchun kurashda biz qiyinchilikka duch keldik. Sivori oyogʻiga zarba qabul qilib yiqildi.Uning oʻzi oʻrnidan turolmadi va deyarli murabbiy Xeriberto Errera qoʻlida maydonni tark etishga majbur boʻldi.Bir necha kundan soʻng, Sivori tasodifan oʻyinlarning birida men bilan uchrashib, jiddiy tarzda dedi: „Meni jarohatlaganingiz uchun sizni ayblamayman. Ammo Errera yordamida maydonni tark etishga majbur boʻlganim uchun hech qachon kechirmayman““.Dino Zoff

"Napoli"Tahrirlash

Sivori „Yuventus“ni tark etishga majbur boʻldi.1965-yilning yozida u „Napoli“ga koʻchib oʻtdi."Napoli" Omar va Janubiy Amerikadan boshqa bir futbolchi Xose Altafini[2] transferlari uchun 150 million peso toʻladi.Neapol klubida Sivori jamoa yetakchisiga aylanganiga qaramay[7], uning toʻpurarlik koʻrsatkichi pasaydi. Dastlabki ikki mavsumda u liganing 55 oʻyinida atigi 9 ta gol urdi.1966-yilda Sivori klub bilan Alp togʻlari kubogini qoʻlga kiritdi va A seriyada 3-oʻrinni egalladi.1967—1968-yillar mavsumida forvard 7 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan soʻng u oʻng toʻpigʻidan jarohat oldi va qolgan vaqt jarohatdan davolandi[2].Keyingi mavsum usiz „Napoli“ A Seriyada 2-oʻrinni egalladi.Omar keyingi mavsumni jarohati tufayli koʻp qismini oʻtkazib yubordi.Klub bosh murabbiyi Karlo Parola Sivori oʻrniga Paolo Barizona qoʻydi.Ammo argentinalik futbolchi uning oʻrnini bosuvchini qabul qilmadi va bir kuni murabbiy bilan janjal chiqardi.Unga klub shifokori Korvino va jamoa maʼmuri Roberto Fiore ham qoʻshildi[2].Natijada Sivori 1 million lira jarimaga tortildi[2]. 1968-yil noyabrda Omar yana asosiy tarkibga kira boshladi. U UEFA kubogi uchun „Lids Yunayted“ bilan oʻyinda, milliy chempionatda „Palermo“[8] va „Vichensa“ bilan oʻyinda gol urdi.1-dekabda „Napoli“ Sivorining sobiq jamoasi „Yuventus“ bilan uchrashdi, uni hamon Errera boshqarayotgan edi. „Yuventus“ himoyachisi Erminio Favalli butun oʻyin davomida Sivorini gʻazablantirdi, koʻpincha futbolchi bilan toʻqnashgandan keyin yiqilib tushdi[2].Bunday yiqilishlardan biridan keyin uchrashuv hakami Pieroni Sivorini maydondan chetlatdi.Shundan soʻng jamoalarning aksariyat oʻyinchilari va murabbiylari ishtirokida mushtlashuv boshlandi.Janjal natijasida „Napoli“ futbolchisi Dino Pandzanato,"Yuventus" futbolchisi Sandro Salvador[2] va neapollik murabbiylardan biri chetlatildi.Italiya futbol federatsiyasi Sivorini 6 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.5-dekabda Omar maxsus chaqirilgan matbuot anjumanida butun voqea uchun Errerani aybladi va „Yuventus“ prezidentiga „oʻz klubida nima boʻlayotganiga eʼtibor berishni“ aytdi[2]. 6-dekabrda Sivori nohaq diskvalifikasiya tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlayotganini elon qildi:"Bunday xoʻrlikka chidagandan koʻra futbol oʻynashni butunlay toʻxtatgan maʼqul".U Argentinaga 20 kunga joʻnab ketayotganini ham aytdi[2].Uyga kelgach Sivori oʻsha yerda qolishga qaror qildi va hatto agar formaga kirsa Renato Chezarini uni chaqirgan[8][2] „River Pleyt“da oʻynashi mumkinligini aytdi.Biroq forvard koʻplab Argentina jamoalaridan taklif tushgan boʻlsa-da keyin professional futbol bilan shugʻullanmadi.

Oʻyin uslubiTahrirlash

 
Sivori 1956-yil

Sivori yaxshi driblingga ega edi.Buning natijasida u raqib jamoaning yarmini yakkama-yakka magʻlub etdi, uning oʻyinchilari oʻzining sevimli texnikasi-toʻpni oyoqlari orasiga tashlash bilan bir necha marta aylana oldi va buning uchun u „Tunnel ustasi“ laqabini oldi.Dribling boshlanishidan oldin Sivori zigzaglarda harakatlana boshladi, bu esa raqib himoyasini chalgʻitardi[9].Bir kuni Sivori jamoadoshi Bruno Garzena bilan bahslashdi, har safar Sivori „Yuventus“ oʻyinlarida raqibni oyoqlari orasidan toʻpni aylantirib oʻtganida, unga kechki ovqat toʻlashi kerak edi.Garzena birinchi oʻyindan keyin uchta kechki ovqat uchun pul toʻladi va bahsni toʻxtatdi[10].

Janpiero Boniperti fikricha Sivorining driblingi va oʻyinlariga uning gʻalaba qozonish mentaliteti, raqib himoyasi oldidagi oʻziga ishonchi yordam bergan[11].1961-yilda „Sampdoriya“ bilan oʻyinda Sivori darvozabonni aylanib oʻtdi, soʻng unga himoyachi yugurib kelishini kutdi, shundan soʻng u uni ham aylanib oʻtdi va shundan keyingina darvozaga zarba berdi[12].

Sivori ham chap oyogʻi bilan harakat qilishni afzal koʻrgan boʻlsada, ikkala oyogʻida aniq va kuchli zarba berardi[13]. Omar ana shunday fazilatlariga qaramay, oʻz sherigiga, agar qulayroq vaziyatda boʻlsa, kerakli vaqtda aniq uzatma bera olishi bilan ham ajralib turardi[14].

Murabbiylikdagi klublariTahrirlash

Nafaqaga chiqqanidan bir yil oʻtgach,Sivori futbolga qaytib, murabbiy boʻldi.1970-yilning yanvarida u „Rosario Sentral“ klubini boshqargan.1970-yilgi Jahon chempionati vaqtida Sivori radio sharhlovchisi sifatida Meksikaga sayohat qildi.Rosarioga qaytib kelgach,Sivori klubga yangi bosh murabbiy tayinlangani eʼlon qilindi[2].1971-yilda Sivori „Estudiantes“ klubini boshqarishni boshladi.Ammo jamoada atigi 15 kun ishlagan.Klub futbolchilarning maoshidan qarzi bor edi.Sivori esa rahbariyatdan toʻlanadigan pulni toʻlashni talab qildi.Rad etishdan keyin Sivori klubni tark etishga qaror qildi[2].

1972-yilning noyabrida Sivori Argentina terma jamoasini boshqargan edi, biroq oradan bir yil oʻtmay,1973-yilning sentabrida Argentina futbol federatsiyasi rasmiysi bilan janjallashib jamoani tark etdi.Sivori federasiyadan jamoani final oʻyinlariga tayyorlash uchun 3 oy vaqt talab qildi va amaldor klublar tomonini oldi, ular uchun uzoq vaqt davomida oʻyinchilarning yoʻqligi toʻgʻri kelmasdi.Jamoa musobaqani boshqa murabbiy bilan yakunladi.Guruhdan chiqish taqdiri hal boʻladigan Paragvay bilan oʻyinda Sivori kutilmaganda maydonda paydo boʻldi va sobiq shogirdlarini boshqardi[2].Sivori qoʻl ostida Ubaldo Fillol ilk bor milliy terma jamoaga chaqirildi, keyinchalik u Janubiy Amerikaning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylandi.Shundan soʻng Sivori „River Pleyt“, „Napoli“, „Vales Sarsfild“ va „Rasing Avelyaneda“ klublarida ishladi.Murabbiylik faoliyatini yakunlagandan soʻng Sivori: „Bu meniki emas“ dedi.

Futboldan keyinTahrirlash

 
Sivori „Kumush fabrika karnayi“ mukofotini olmoqda

Murabbiylik faoliyatini yakunlagan Sivori biroz dam oldi. 1986-yilda Italiyaga qaytib keldi va u yerda 7 yil telekoʻrsatuv sharhlovchisi boʻlib ishladi.Shundan soʻng, u Argentinaga joʻnadi va oʻzining gullab-yashnagan[15] ranchosida qoldi.U ranchoni „Yuventus“ deb ataydi.1993-yildan 1994-yilgacha Sivori „Clarin“ jurnali uchun maqolalar yozgan.1994-yildan umrining oxirigacha Sivori „Yuventus“ning Janubiy Amerikadagi skauti sifatida ishlagan[16].

Sivori 69 yoshida ona shahri San-Nikolas de los Arroyosda oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi.Oʻlimidan bir necha hafta oldin Sivori koʻpincha: „Men kam futbol koʻrdim“[17] derdi.U 18-fevral kuni soat 15:00 da San-Nikolasdagi Samoviy yodgorlik qabristoniga dafn qilindi[18].Sivorining oʻlimidan soʻng,Italiyaning Gazzetta dello Sport gazetasi birinchi sahifada yosh Sivorining „Yuventus“ libosida uning gollaridan biri urilganidan keyin olingan qora va oq fotosuratini,Tuttosport gazetasi esa „Ciaoʻ Omar“ (Xayr Omar) deb nomlangan maqolani chop etdi.Corriere dello Sport nashrida „tarixdagi eng buyuklardan biri vafot etdi“ deb maqola chiqdi[19].


2005-yil 25-fevralda „Sivori“ yozuvli futbolka sotuvidan tushgan pul evaziga qurilgan „Monumental“ stadionining tribunasiga futbolchi nomi berildi.

«Menimcha tribunaning Sivori nomi bilan atalishi shunchaki adolatlidek tuyuladi.Bu sharafli ishdir.Sivorining o'lishi barchamizga va futbol olamidagi barchaga ta'sir qildi. Italiyada uning hurmati aql bovar qilmaydigan darajada edi.Bir necha oy oldin Rimda u bilan restoranda kechki ovqat tanavul qilganimda u bilan yaxshi munosabatda bo'lganman.Aytgancha atrofdagi hamma unga qarardi va uning oldida ta'zim qilardi.Ular Xudo bilan birga ovqatlanganday tuyulgan".Xose Mariya Agilar, "River Pleyt" prezidenti

Shaxsiy hayotTahrirlash

Sivori italiyalik Elena Kaza ismli ayolga uylangan edi.Ular 1957-yil 21-dekabrda munosabatlarini qonuniylashtirdilar. Ularning uchta farzandi bor edi: qizi Miriam (1958-yilda tugʻilgan) va oʻgʻillari Nestor (1960-yilda tugʻilgan),Umberto Renato (1962-yilda tugʻilgan)[2].Umberto 1978-yil iyun oyida 15 yoshida oʻsimta tufayli vafot etdi.Nestor futbolchi boʻlgan, keyin esa futbol agenti boʻlgan, uning mijozlari orasida bir qancha mashhur oʻyinchilar bor, ular orasida Fernando Kavenagi ham bor.

Sivori ikkita italyan filmida rol oʻynagan: Idoli controluce („Nurga qarshi butlar“ ;1965) va Presidente del Borgorosso Football Club, II („Borgorosso futbol klubi prezidenti-2“;1970).

YutuqlarTahrirlash

Futbolchi sifatidaTahrirlash

JamoaviyTahrirlash

ShaxsiyTahrirlash

  • Panamerika chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1956 (5 gol)
  • Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi futbolchisi-1957
  • Italiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1960 (28 gol)
  • "Oltin toʻp" sohibi (France Football)-1961
  • Bitta oʻyindagi gollar soni boʻyicha Italiya chempionatining rekordchisi-6 ta[20]
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan

ManbalarTahrirlash

  1. El Maradona de River
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 „Genialniy skandalist“. 2-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „Sivori ricorda il mito Renato Cesarini“. 7-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2022-yil.
  4. „Profil na footballplayers.ru“. 21-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2022-yil.
  5. Statya pro Charlza na juvent.org
  6. European Champions' Cup 1958-59 — Details
  7. „Enrique Omar Sivori“. 4-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2010-yil.
  8. 8,0 8,1 SIVORI: Fuga da Napoli
  9. „Omar Sivori. Biografia“. 16-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2010-yil.
  10. Omar Sivori
  11. Juve legend Sivori dies
  12. Il ricordo di Omar Sivori a due anni dalla morte del „Cabezon“[sayt ishlamaydi]
  13. „Omar Sivori stella bianconera“. 27-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2010-yil.
  14. Владимир Игоревич Малов. 100 великих футболистов. Вече, 2006. ISBN 5-9533-2752-7. 
  15. „Futbol a mil. Enrique Omar Sívori“. 28-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2010-yil.
  16. Statya na biografieonline.it
  17. Murió Enrique Omar Sívori, uno de los más grandes de la historia
  18. „Un crack sin fronteras“. 22-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2022-yil.
  19. Prensa italiana rinde homenaje a Omar Enrique Sívori
  20. Naryadu s Silvio Pioloy.

HavolalarTahrirlash