Oqmasjid jomeʼ masjidi
Oqmasjid jomeʼ masjidi – Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan masjid. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. 1995-yilda masjid oʻz faoliyatini boshlagan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]
Masjid | |
Oqmasjid jomeʼ masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Navoiy viloyati |
Tuman | Xatirchi tumani |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ masjid |
Soʻngi imom | Muhammadsodiq Mamadiyorov[1] |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Sayyid ota nomi bilan bog’liq ziyoratgohlar diyorimizda ko’plab uchraydi. Shulardan biri Bog’chakalon qishlog’idagi Oqmasjid majmuasida joylashgan. Qabri bor, ustiga maqbara tiklangan. Sayyid Ota - Sayyid Ahmad ibn Sayyid Abu Bakr «Islom ensiklopediyasi»da qayd etilishicha: «Milodiy 1292 yoki 1311 yillarda vafot etgan. Yassaviya tariqatining ulug’ shayxlaridan biri hisoblanadi».Ba’zi manbalarda Toshkentda, ba’zilarida esa Xorazmda tavallud topgan, degan qarashlar bor. Hazrati Zangi otaning yetuk xalifasi.
Ulug’ valiylik sifati va tariqat yo’lidagi namunalari bilan mashhur bo’lgan.Umrining so’ngini «Orol bo’ylarida o’tkazgan». (Islom ensiklopediyasi. 205-bet) va o’sha joyda vafot etgan.
Bog’chakalondagi qabr ramziy ziyoratgoh, muxlislari hurmatidan qurilgan bo’lsa kerak. Manbalarda bu ziyoratgohda Zahiriddin Muhammad Bobur bo’lganligi, 1920 yilning 3 sentyabr kuni Buxoroi Sharifning so’nggi amiri Olimxon Qalqon qishlog’i orqali kelib, shu yerdagi masjidda namoz o’qigani, so’ngra Karmanada otasi - Abdulahadxonning qabrini ziyorat etib, Qarnab orqali Afg’onistonga chiqib ketganligi hikoya qilinadi.
Majmuadagi masjid 1380- 1390 yillarda qurilgan.1914 yilga kelib masjidning nurab qolgan binosi mahalliy xalq homiyligi va hashar yo’li bilan qaytadan qurilgan hamda hozirgi ko’rinishga keltirilgan.
Obida o’z davrida o’ta mohirlik bilan ishlangan bo’lib, usti gumbazli va uch tomoni o’ymakor ustunli ayvonlar bilan o’ralgan. Xususan masjid o’lchami 10x10 metr atrofida, ikki tabaqali to’rt eshikli, gumbazning balandligi 15 metr, 28 ta 6 metrli ustunlardan iborat qilib, uch tomonlama ayvon qilib o’ralgan.
Bu masjid 1920 yilgacha eng ko’p namozxonlar to’planadigan maskanlardan biri bo’lgan. Uning faoliyati sho’rolar davrida to’xtatilgan va qarovsiz qolib, yaroqsiz holga kelib qolgan.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, masjid 2003 yili qayta ta’mirlandi, atrofi kengaytirilib, obodonlashtirildi, tahoratxonalar yangidan qurildi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Оқ мачит жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 27-dekabr 2023-yil.
- ↑ „ОҚ МАСЖИД“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 27-dekabr 2023-yil.