Oqtov seriyasi
Oqtov seriyasi - Janubiy Oʻzbekiston paleotsen yotqiziqlaridagi stratigrafik birlik. O.M. Akramxoʻjayev va M. Egamberdiyevlar tomonidan ajratilgan. Oqjar (quyi paleotsen) va Buxoro (oʻrta va yuqori paleotsen) qatlamlarini oʻz ichiga oladi. Tarkibi takrorlanib katlamlashgan gips-angidrit, gʻovak oolit (yaxshi kollektor xususiyatiga ega) hamda foraminifera qoldiklariga boy dolomit va ohaktoshlardan iborat. Ostki paleotsen yotqiziqlarining eng katta kalinligi (Surxondaryo botiqligida) 150 m gacha boʻlib, baʼzi joylarda gips qatlami yoʻq, dolomit va ohaktoshlar esa kesimda 12–15 m gacha qisqarganligi ku-zatilgan. Organik qoldikdardan mollyus-kalar, mikrofaunadan faqat ostrakodalar uchraydi. Yuqori paleotsen karbo-nat-sulfatli, karbonat-terrigen va mergel-gilli yotqiziqlaridan iborat boʻlib, aniq ajralgan. Qalinligi 50– 193 m gacha. Baʼzi joylarda kaolinit tar-kibli karbonatsiz, orasida gʻurra shaklida joylashgan fosforit tanalari mavjud boʻlgan qalinligi 18–25 m gillar va 0,7 m gacha qalinlikda yonuvchi slanets qatlamlari uchraydi. Yuqori paleotsen yotqiziklarining umumiy kalinligi 70–210 m. Oqtov seriyasi qatlamlarining umumiy qalinligi 40–50 m dan 390 m gacha. Oqtov seriyasi katlamlari Tojikiston depressiyasi va Buxoro—Xiva oblastlarida ham keng tarqalgan. Surxondaryo havzasi Oqtov seriyasi qatlamlarida 6 kollektor, gorizont va bir necha neft konlari mavjud. Oqtov seriyasi stratigrafik ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |