Orol dengizi hududidagi odamlarning sog'ligidagi muammolar

Orol dengizidan sugʻorish ishlarini noto'g'ri foydalanish oqibatida, uning suvlari qurib, tuproqda tuzlar va boshqa minerallarni qoldirdi. Ular nafaqat tuproqni ifloslantirdi, balki shamol va boʻronlar orqali koʻtarilib, boshqa hududlarga, shu jumladan ekin maydonlariga ham tarqaldi. Bu nafas olish tizimi kasalliklari va saratonning kuchayishiga olib keldi. Orol hajmining oʻzgarishi mahalliy iqlimga ham taʼsir qildi va boʻronlarning koʻpayishi va kuchayishiga olib keldi[1].

Orol dengizining qisqarishi natijasida mahalliy aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgani shubhasiz. Orol dengizi hududining koʻp qismi zarar koʻrganligining asosiy sabablaridan biri „suvdan notoʻgʻri foydalanish“ edi. Orol dengizi mintaqasidagi oʻzgarishlar natijasida inson salomatligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ekologik taʼsirlarga „suv sathining pasayishi, atrof-muhit va oziq-ovqat zanjiridagi pestitsidlar, chang boʻronlari va havodagi oʻzgarishlar“ misol boʻladi[2].

Sovet ittifoqi davrida Orol dengiziga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo suvlari Oʻzbekiston paxta dalalarini sug'orishga sarflanar edi[3]. Amudaryo va Sirdaryoning yaylovlari va serhosil yerlarida parrandachilik, va chorvachilik sohalarida 100 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlangan edi[4]. Hududda paxta dalalarining monokulyar dehqonchilik yillarida tuproqlar tarkibidagi tabiiy minerallar va ozuqa moddalari miqdori kamayib ketti. Bu, oxir-oqibat, tuproq sifatini yaxshilash uchun pestitsidlar va oʻgʻitlardan foydalanishning koʻpayishiga olib keldi. Biroq, bu ko'p miqdorda foydalanilgan kimyoviy moddalar tuproqqa, suvga va nihoyat Orol dengiziga taʼsir koʻrsatdi[5]. Qishloq xoʻjaligidagi bu oʻzgarishlar “tuproqning tarkibining o'zgarishiga, suv sifati va miqdorining yomonlashishiga olib keldi”[6].

Yosh bolalar oʻlimi darajasiga taʼsiri tahrir

Dengiz quriganida ifloslantiruvchi moddalar yer yuzasiga chiqib, tuproqqa oʻrnashadi, shu bilan birga havoga tarqaladi. Ushbu ekologik taʼsirlar mahalliy aholi salomatligiga keng koʻlamli taʼsir koʻrsatdi[7]. Koʻpgina kasallik holatlarining koʻpayishi Orol dengizi maydonining qisqarishi bilan bogʻliq. Ifloslantiruvchi moddalardan eng koʻp zarar koʻradiganlar: chaqaloqlar va bolalar. Hududda ekalogik muhitning o'zgarishi chaqaloqlar oʻlimining oshishiga xizmat qiladi[8].

Bu mintaqada 1970-yillardan beri chaqaloqlar oʻlimi koʻrsatkichlari ortib bormoqda[9]. Goʻdaklar oʻlimi koʻrsatkichlarining oshishiga olib keladigan bu zararli moddalar Qozogʻistonda 1993-yildan boshlab 70 taga yetganligi xabar qilingan[10]. Toksinlar turli manbalardan kelib chiqishi mumkin: havodan nafas olish, ichimlik suvi va oziq-ovqat. Biroq, yosh chaqaloq nima yeyish yoki ichish borasida koʻp tanlovga ega emas. Maʼlum boʻlishicha, bu toksinlar emizish orqali ham oʻtishi mumkin va „bir qator hududlarda shifokorlar chaqaloqlarni emizishni tavsiya qilmaydilar, chunki emizikli ona suti zaharli hisoblanadi“[5].

1-jadvaldan koʻrinib turibdiki, boshqa shu hududga chegaradosh mamlakatlar hududlarda ham chaqaloqlar oʻlimi koʻrsatkichlarining oʻsishi kuzatilgan. Chaqaloqlar oʻlimi darajasiga koʻplab boshqa omillar taʼsir koʻrsatsa-da, bu koʻrsatkichlarning oshishiga hududdagi ekologik holat taʼsir koʻrsatishi aniq.

1-jadval: Yosh bolalar o'limining koʻrsatkichlari, 1985-2008[11] tahrir

1985-1990 1990-1995 1995-2000 2004 2008
Afgʻoniston 170 160 152 165 163
Qozogʻiston 36 35 35 52 29
Qirgʻiziston 45 40 40 42 50
Turkmaniston 58 55 55 74 74
Oʻzbekiston 53 44 44 62 48
Tojikiston 58 57 57 50 65
Birlashgan Qirollik 5.3 4.9
Kanada 5.2 5.4
AQSH 6.7 6.6

Salomatlik uchun salbiy taʼsirlari tahrir

Birgina Turkmanistonda bolalarda qayd etilgan barcha kasalliklarning 50 foizi nafas olish tizimidagi muammolar bilan bogʻliq[12]. Ushbu holatning taʼsiri juda keng tarqalgan va turli kasalliklarga chalingan odamlarga taʼsir koʻrsatadi. Quyida Orol dengizi hududida chaqaloqlar oʻlimi, turmush darajasining pasayishiga olib keladigan sogʻliqda uchrashi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxati keltirilgan.

Yechimlari tahrir

Hududni qayta tiklashning asosiy muammosi dengiz tubidan tuz va boshqa zararli minerallarni kamaytirishdir. Baʼzi yechimlar suv oqimini nazorat qilish uchun suv omborlarini qurish va sugʻorish uchun ajratilgan suv miqdorini cheklashni ham oʻz ichiga oladi.

Manbalar tahrir

  1. Micklin, P. P. (1988). Desiccation of the Aral Sea: A Water Management Disaster in the Soviet Union. Science. 241 (4870), 1172 & 1175.
  2. 2,0 2,1 2,2 Small, I., Van Der Meer, J., & Upshur, R. E. G. (2001). Acting on an Environmental Health Disaster: The Case of the Aral Sea. Environmental Health Perspectives. 109 (6), 547 & 548.
  3. Gaybullaev, Behzod; Chen, Su-Chin; Gaybullaev, Dilmurod (1–dekabr 2012–yil). „Changes in water volume of the Aral Sea after 1960“. Applied Water Science (inglizcha). 2-jild, № 4. 285–291-bet. doi:10.1007/s13201-012-0048-z. ISSN 2190-5495.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Проблемы Арала и водных ресурсов региона | Uzbekistan“. www.un.int. Qaraldi: 26-mart 2020-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 Precoda, N. (1991). Requiem for the Aral Sea. Ambio. 20 (3/4), 113. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "precoda" defined multiple times with different content
  6. Franz, J. S. & FitzRoy, F. (2006). Child Mortality and Environment in Developing Countries. Population and Environment. 27 (3), 264.
  7. Vinogradov, Sergei; Langford, Vance P.E. (2001). „Managing transboundary water resources in the Aral Sea Basin: in search of a solution“. International Journal of Global Environmental Issues (inglizcha). 1-jild, № 3/4. 345-bet. doi:10.1504/IJGENVI.2001.000984. ISSN 1466-6650.
  8. Newbold, K.B. (2007). Six Billion Plus: World Population in the Twenty-First Century. 2nd Edition. Lanham: Rowman & Littlefield. 2.
  9. Zhiming, B., Norio, I., Yoshiaki, K., Ariyoshi, K., Kunio, M., Tomokazu, O. & Otsuka Kenji. (2006). Inner Asia: Balancing the Environment with Socioeconomic Development. The State of the Environment in Asia 2005/2006. 167.
  10. 10,0 10,1 Kiessling, K. L. (1998). Conference on the Aral Sea: Women, Children, Health and Environment. Ambio. 27 (7). 562.
  11. Population Reference Bureau. (2004). 2004 World Population Data Sheet. Retrieved from http://www.prb.org/pdf04/04WorldDataSheet_ENG.pdf (Wayback Machine saytida 2017-03-29 sanasida arxivlangan). Population Reference Bureau. (2008). 2008 World Population Data Sheet. Retrieved from http://www.prb.org/pdf08/08WPDS_Eng.pdf (Wayback Machine saytida 2017-12-19 sanasida arxivlangan)., United Nations: Economic and Social Commission for Asia and the Pacific (n.d.). Infant mortality rates, 1985-1990, 1990-1995 and 1995-2000 and mortality under age 5 years, 1990-1995 and 1995-2000. Retrieved from „Archived copy“. 2004-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2009-yil.
  12. Wiggs, G.F.S., OʻHara, S. L., Wegerdt, J., Van Der Meer, J., Small, I., & Hubbard, R. (2003). The Dynamics and Characteristics of Aeolian Dust in Dryland Central Asia: Possible Impacts on Human Exposure and Respiratory Health in the Aral Sea Basin (Wayback Machine saytida 5-iyul 2022-yil sanasida arxivlangan). The Geographical Journal. 169 (2), 143.