Osakadagi ommaviy qotillik — 2001-yil 8-iyun kuni Osaka Pedagogika Universiteti qoshidagi Ikeda elita taʼlim muassasasi boshlangʻich maktabida sodir boʻldi. Jinoyatni maktabning sobiq farroshi, oʻttiz yetti yoshli Mamoru Takuma sodir etgan.

Osakadagi ommaviy qotillik
Joylashgan Osaka
Sana 8-iyun, 2001-yil(2001-06-08)
10:15 ((UTC+9))
Hujum turi
Ommaviy qotillik, pichoqbozlik
Qurol oshxona xanjari
Halok boʻlganlar 8[1]
Jarohat olganlar
15
Ayblanuvchi Mamoru Takuma
Hukm qilingan osish orqali oʻlim jazosi

Tarixi

tahrir

2001-yil 8-iyun kuni ertalab soat 10:15 da pichoq bilan qurollangan Takuma maktabda oʻquvchilar va oʻqituvchilarga hujum qildi. Hujum 8 bolani oʻldirdi, ularning aksariyati 7 yoshdan 8 yoshgacha boʻlgan; Yana 13 nafar maktab oʻquvchisi va 2 nafar oʻqituvchi jarohatlangan.

Halok boʻlganlar

tahrir

Jinoyat natijasida 8 nafar maktab oʻquvchisi: bitta oʻgʻil bola (Takaxiro Totsuka) va 7 nafar qiz bola halok boʻlgan. Oʻgʻil bola birinchi sinfda, qizlar esa ikkinchi sinfda oʻqishar edi.[2]

Oqibatlari

tahrir

Jinoyatchiga chegaraviy, dissotsiyal va paranoid shaxsiyat buzilishlari tashxisi qoʻyilgan. Keyinchalik u aybdor deb topilib, osish orqali oʻlimga hukm qilindi. 2004-yil 14-sentabrda hukm ijro etildi[3].

Osakadagi ommaviy qotillikda oʻlganlarning koʻpchiligi bolalar ekanligi, jinoyat maktabda sodir etilganligi, shuningdek, jinoyatchida qator ruhiy kasalliklar mavjudligi sababli keng omma orasida rezonans keltirib chiqardi[3]. Bu omillar eʼtiborni jinoyatchilar va jabrlanuvchilarning huquqlari, taʼlim muassasalari xavfsizligi, ruhiy kasallikdan aziyat chekayotgan shaxslarga nisbatan davlat siyosati kabi masalalarga qaratdi[4][5].

Keyinchalik maktabga qoʻriqchi ishga olinishi maʼlum boʻldi. Ushbu voqealardan avval maktabda qorovulning boʻlishi Yaponiya uchun gʻayrioddiy holat hisoblangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „At least eight dead in Osaka school rampage“ 8-iyun 2001-yil. cnn.com
  2. "Knife-Wielding Man Kills 8 Children at Japanese School." The New York Times. 2.
  3. 3,0 3,1 3,2 "Japan mourns school victims." CNN. 10-iyun 2001-yil. Retrieved on 5-fevral 2010-yil.
  4. „manba2“. 2008-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  5. manba 3.