Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tan olgan, Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan tashkil topgan, beshta qitʼalararo assotsiatsiyadan biri. Osiyo Olimpiya Kengashi — bu 45 ta mamlakatni oʻz ichiga qamrab olgan Osiyo mamlakatlarida Olimpiya harakatini boshqaruvchi organ hisoblanadi.

Osiyo Olimpiya Kengashi
Turi Sport Federatsiyasi
Sanoat Sport
Ishga tushgan sanasi 1982-yil
Joylashuvi Quvayt bayrogʻi Quvayt
Prezidenti Ahmad Al-Fahad Al-Ahmad As-Saboh
Vebsayti ocaasia.org

OOK — Osiyodagi MOQlari faoliyatini tashkil qilish, ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro nufuzini koʻtarish, butun Osiyo qitʼasida sportni targʻib etish, shuningdek, yoshlarda jismoniy barkamollik, ahloqiy sifatlarini sport musobaqalari va sport tadbirlari orqali, oʻzaro hurmat, doʻstlik va halol oʻyin sifatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyodigi mamlakat aʼzolarining sport faoliyatini muvofiqlashtiradi, muntazam ravishda Osiyo oʻyinlari (yozgi, qishki, sohil sporti, jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari) ni tashkil qilishni kafolatlaydi, shuningdek, Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatini idealini targʻib qilishdagi bosh organ hisoblanadi. Osiyo Olimpiya Kengashi nafaqat hududiy oʻyinlar tashkilotchisi, balki xalqaro musobaqalar, aʼzo mamlakatlar oʻrtasida bahsli muammolar yuzaga kelganda, ularni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organdir. OOK ning bosh qarorgohi Quvaytda joylashgan.

OOK ning tashkil qilinish tarixi tahrir

Osiyo Olimpiya Kengashi tashkil qilinishi 1948-yili Londondagi 14-Olimpiya Oʻyinlari davomida, Osiyo mamlakatlari ishtrokchilari, Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi. 1949-yil Nyu-Delidagi assambleyada Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasi maqomi ostida tashkil qilindi. Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasining 1981-yil 26-noyabrdagi yigʻilishida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ni tashkil qilishga kelishib olindi. Yigʻilish mobaynida OOKning Ustavi va asosiy tamoyillar qabul qilindi va 1982-yilda Nyu-Delidagi Osiyo oʻyinlaridan keyin kuchga kirishi tasdiqlandi. Rasmiy ravishda Osiyo Olimpiya Kengashi 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delidagi Bosh Assambleya davomida tashkil qilingan. Xuddi shu yili Osiyo Olimpiya Kengashi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi eʼtirofiga sazobor boʻldi. 34 ta davlat OOK ning birinchi aʼzo mamlakatlari sifatida qayd qilindi.

OOK ramzi tahrir

Osiyo Olimpiya Kengashi ramzi rasmiy ravishda 2006-yilning 2-dekabrida OOKning 25-Bosh Assambleyasida tasdiqlandi. U oʻzida qizil rangdagi 16 ta porlab turgan quyosh nurini, markazda oq rangdagi aylana, quyosh atrofida Ajdar va Lochin aks ettirligan, pastki qismda „Osiyo Olimpiya Kengashi“ yozuvi joylashtirilgan. Ajdar — Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari ramzi boʻlib, omad, boylik, muvaffaqiyat, davlat, mardlik, poklik, joʻshqinlik ramzi hisoblanadi. Lochin — togʻli hududlar ramzi boʻlib, Himolay, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari ramzi hisoblanadi. U aniqlik, nafosat, kuch, ziyraklik, tezlik, iroda va chiidamlilik sifatlarini oʻzida mujassam etadi.

OOK shiori: tahrir

„Doimo olgʻa“ - "Ever onward"

OOK bayrogʻi tahrir

Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi Osiyo Olimpiya Kengashi emblemasi tikilgan oq matoni oʻzida namoyon etadi. Osiyo Olimpiya Kengashining barcha ramzlari OOK ning mulki hisoblanadi, ulardan Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti ruxsatisiz foydalanish mumkin emas.

OOK aʼzo mamlakatlari tahrir

Quyida Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo mamlakatlar koʻrsatilgan. Toʻrtinchi qatordagi birinchi yil Milliy Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan yilini bildirsa, ikkinchisi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan yilni bildiradi. Misol Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga 1992-yil asos solingan, 1993-yil XOQ tomonidan tan olinilgan.

 
Osiyo Olimpiya Kengashiga aʻzo mamlakatlar
Mamlakat Kod Milliy Olimpiya qoʻmitasi Tashkil topgan yil/
Tan olingan yil
Manba
  Afgʻoniston AFG Afgʻoniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1935/1936 [1]
  Bruney BRN Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi 1978/1979 [2]
  Bangladesh BAN Bangladesh Olimpiya Assotsatsiyasi 1979/1980 [3]
  Butan BHU Butan Olimpiya qoʻmitasi 1983 [4]
  Bruney BRU Bruney Milliy Olimpiya Kengashi 1984 [5]
  Kambodja CAM Kambodja Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1983/1994 [6]
  Xitoy Taypeyi TPE Xitoy Taypeyi Olimpiya qoʻmitasi 1960 [7]
  KXDR PRK Koreya Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi 1953/1957 [8]
  Gonkong HKG Sports Federation and Olympic Committee of Hong Kong, China 1950/1951 [9]
  Hindiston IND Hiundiston olimpiya Assotsatsiyasi 1927 [10]
  Indoneziya Indoneziya INA Indoneziya Olimpiya qoʻmitasi 1946/1952 [11]
  Iroq IRQ Iroq Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1948 [12]
  Eron IRI Eron Islom Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1947 [13]
  Yaponiya JPN Yaponiya Olimpiya qoʻmitasi 1911/1912 [14]
  Iordaniya JOR Iordaniya Olimpiya qoʻmitasi 1957/1963 [15]
  Qozogʻiston KAZ Qozoqiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1990/1993 [16]
  Koreya Respublikasi KOR Koreya Olimpya qoʻmitasi 1946/1947 [17]
  Quvayt KUW Quvayt olimpiya qoʻmitasi 1957/1966 [18]
  Qirgʻiziston KGZ Qirgʻiziston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1991/1993 [19]
  Laos LAO Laos Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1975/1979 [20]
  Livan LBN Livan Olimpiya qoʻmitasi 1947/1948 [21]
  Malayziya MAS Malayziya Olimpiya Kengashi 1953/1954 [22]
  Maldiv MDV Maldiv orollari Olimpiya qoʻmitasi 1985 [23]
  Mongoliya MGL Mongoliya Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1956/1962 [24]
  Myanma MYA Myanmar Olimpiya qoʻmitasi 1947 [25]
  Nepal NEP Nepal Olimpiya qoʻmitasi 1962/1963 [26]
  Ummon OMN Ummon Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1982 [27]
  Pokiston PAK Pokiston Olimpiya qoʻmitasi 1948 [28]
  Falastin PLE Falastin Olimpiya qoʻmitasi 1995 [29]
  Xitoy CHN Xitoy Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi 1910/1979 [30]
  Filippin PHI Fillipin Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1911/1929 [31]
  Qatar QAT Qatar Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1979/1980 [32]
  Saudiya Arabistoni ] KSA Saudiya Arabistoni Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1964/1965 [33]
  Singapur SIN Singapur Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1947/1948 [34]
  Shri Lanka SRI Shiri-Lanka Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1937 [35]
  Suriya SYR Suriya Olimpiya qoʻmitasi 1948 [36]
  Tojikiston TJK Tojikiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1992/1993 [37]
  Tailand THA Tailand Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1948/1950 [38]
  Sharqiy Timor TLS Sharqiy Timor Milliy Olimpiya qoʻmitasi 2003 [39]
  Turkmaniston TKM Turkmaniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1990/1993 [40]
  Birlashgan Arab Amirliklari UAE Birlashgan Arab Amirliklari Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1979/1980 [41]
  Oʻzbekiston UZB Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 1992/1993 [42]
  Vyetnam VIE Vietnam Olimpiya qoʻmitasi 1976/1979 [43]
  Yaman YEM Yaman Olimpiya qoʻmitasi 1971/1981 [44]

Havolalar tahrir